13-amaliy ish
Mavzu: Yo‘l poyini qurishda ishlar sifatini nazorat qilish va ishlarni qabul qilish
(2 soat)
Ishdan maqsad:
Talabalarga
berilgan topshiriqga asosan Yo‘l poyini qurishda ishlar
sifatini nazorat qilish va ishlarni qabul qilishni o‘rganio‘adi.
Nazariy qism
Yo‘l poyini qurishda, avval loyihada ko‘rsatilgan kar’erlardagi, zahiralardagi,
o‘ymalardagi, tabiiy asoslardagi gruntlarning haqiqiy ko‘rsatkichlari (zarra
kattaligi, loysimon
gruntlar plastikligi), hamda holati(namligi, zichligi) tekshiriladi.
Ish bajariladigan joylarda nishabligi 1:3 dan katta qiyaliklar va yonbag‘irlarlar mavjud
bo‘lsa, qurilish jarayonida yo‘l poyining surilish va cho‘kish xavfi bor-yo‘qligi
nivelir yordamida
tekshirib olinishi lozim.
Yo‘l poyi qurilishi sifatini texnologik jarayonga muvofiq nazorat qilishda quyidagilarni
tekshirilishi lozim:
-yo‘l poyining o‘qi bo‘ylab rejada va balandlikda to‘g‘ri joylashganini;
- olinadigan gruntni unumdor qatlami qalinligini;
- yo‘l
poyi asosidagi grunt zichligi;
- ishlatiladigan gruntning namligi;
- yotqizilayotgan qatlam qalinligi;
-ko‘tarma qatlamlarida gruntning bir xilligi;
- ko‘tarma qatlamlaridagi gruntning zichligi;
- yuza ravonligi;
- yo‘l poyi ko‘ndalang kesimi (o‘q bilan yo‘l cheti orasidagi masofa, ko‘ndalang nishabligi,
yon bag‘ir qiyaligi);
- zax qochiruvchi quvur va suv qaytaruvchi qurilmalar, qatlamlar, yo‘l yoqasi va yonbag‘ir
qiyaliklarini mustahkamligining to‘g‘ri bajarilganligi.
Gruntning nazorat etiladigan geometrik o‘lchamlari va zichligining yo‘l qo‘yiladigan
loyihadan chetga chiqishlari V- ilova (majburiy)da keltirilgan.
Qish oylarida tuproq ishlari sifatini jarayonli nazorat qilishda muzlagan kesaklar va
ularning kattaligi, undan tashqari yuzani qor va muzlardan tozalanganligi qo‘shimcha ravishda
tekshirilishi zarur.
Yo‘l poyining o‘qi,
balandligi, ko‘ndalang kesimi, yo‘l yoqasi, suv qaytaruvchi va zah
qochiruvchi qurilmalar, qatlam qalinligini to‘g‘ri
joylashtirilganligini, asosan ish jarayonida
belgilar o‘rnatilgan joylar yaqinida har 100 metrdan kam bo‘lmagan masofada (ko‘ndalang
kesimda 3 nuqtada) geodezik asboblar va jihozlar bilan tekshiriladi.
Grunt zichligini har texnologik qatlamni yotqizishda yo‘l poyi o‘qida, chetidan 1,5-2,0
masofada, qatlam kengligi 20 m dan ortiq bo‘lganda oraliq nuqtalarda tekshiriladi.
Grunt zichligi, bir smenada zichlovchi mashinalar bajaradigan qismda, ko‘tarma balandligi
3 m gacha bo‘lganda har 200 m da, ko‘tarma balandligi 3 m dan ko‘p bo‘lganda esa ko‘pi bilan
har 50 m masofada aniqlanadi.
YUqori qatlamning zichligi har 50m dan ko‘p bo‘lmagan masofada tekshiriladi. Zichlikni
qo‘shimcha ravishda nazorat qilish, quvur atrofini to‘ldirishda har bir qatlamda, quvurlar ustini
yopishda, kar’eruslar va ko‘priklar bilan ulanish joylarini qurishda olib boriladi.
Ustki qatlam zichligi qalinligining 1/3 yoki kamida 8 cm dan kam bo‘lmagan qismida
tekshirilishi kerak.
Zichlik koeffitsientining talab qilingan
darajadan chetga chiqishi, hamma bajarilgan
o‘chovlar umumiy sonining 10% dan ko‘p bo‘lmasligi, ammo 0,04 dan ortmasligi kerak.
Foydalanilayotgan gruntlarning namligi asosan olinayotgan erda (zahira, kar’erda)
smenada kamida 1 marta va har har yog‘ingarchilikda albatta tekshirilishi shart.
Gruntning namligi va zichligi GOST 5180 bo‘yicha aniqlanadi. Ish jarayonida nazorat
qilishda
tez aniqlovchi, ekspress qo‘llanma va asbob-anjomlardan foydalanish mumkin.
Gruntning bir hillik xususiyati ko‘z bilan chamalash asosida tekshiriladi. Agar gruntning
bir hilligi o‘zgarsa, O‘zRST 25100 bo‘yicha uning farqli ko‘rinishi va toifasi aniqlanadi.
Yo‘l poyi yuzasining ravonligi nivelir bilan ko‘ndalang kesimda, o‘qi va ikki chetidagi uch
nuqtada kamida har 50 m masofada o‘lchov olish bilan nazorat qilinadi. Yo‘l poyining asosi va
oralig‘idagi ko‘tarma qatlamlari yuzasida qurilish paytida suv to‘planib qoladigan mayda
chuqurchalar bo‘lmasligi kerak.
Vertikal drenaj uchun ishlatiladigan qumning tuzilishi loyiha talablariga javob berishi
zahirada smena davomida bir marta aniqlanadi.