xodimlarining homiladorlik va tugʻish nafaqalarini belgilangan muddatlarda topshirilishini,
qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar boʻyicha tegishli hisob-kitoblarni tahlil qilib borilishini
va jamlangan holda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuborilishini nazorat qiladi;
markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika
budjetidan moliyalashtiriladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim
tashkilotlarining birinchi va ikkinchi guruhlar boʻyicha tuman (shahar) maktabgacha va maktab
taʼlimi boʻlimlari tomonidan yuborilgan shtatlar jadvalini qabul qilinishini
va tegishli hisob-
kitoblarni tahlil qilgan holda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuborilishini nazorat
qiladi;
markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika
budjetidan moliyalashtiriladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim
tashkilotlaring birinchi va ikkinchi guruhlar boʻyicha tuman (shahar) maktabgacha va maktab
taʼlimi boʻlimlari tomonidan yuborilgan xarajatlar smetalarini qabul qilinishini va tegishli hisob-
kitoblarni tahlil qilgan holda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuborilishini nazorat
qiladi;
markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika
budjetidan moliyalashtiriladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim
tashkilotlarining ish haqi toʻlovlari boʻyicha tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi
boʻlimlari tomonidan yuborilgan qoʻshimcha mablagʻ ajratish uchun buyurtmanomalarni qabul
qilinishini va tegishli hisob-kitoblarni tahlil qilgan holda Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirligiga yuborilishini nazorat qiladi;
hududiy boshqarma tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarini amaldagi
qonunchilikka muvofiqligini nazorat qiladi;
hududiy boshqarma xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni oʻz vaqtida
hamda toʻliq hajmda toʻlanishini nazorat qiladi;
hududiy
boshqarma,
tasarrufidagi
muassasa
va
tashkilotlar,
shuningdek,
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va
tashkilotlarida
ortiqcha
rejalashtirilganligi
aniqlangan
mablagʻlar,
shtat
birliklari
toʻldirilmaganligi, shuningdek, tarmoq, shtatlar va kontingentlar boʻyicha reja bajarilmaganligi
natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlarni chegirish boʻyicha doimiy tahlil qilib borilishini
nazorat qiladi va chegiriladigan mablagʻlar toʻgʻrisida vazirlikka va hududiy boshqarma
boshligʻiga axborot kiritib boradi;
hududiy
boshqarma,
tasarrufidagi
tashkilot
va
muassasalar,
shuningdek,
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va
tashkilotlarning xarajatlar smetasi rejalashtirilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻzlashtirish
holatlarini nazorat qiladi;
hududiy boshqarma tasarrufidagi tashkilot va muassasalarning budjetdan tashqari
jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirilishini (daromadlarini oshirishni)
umumiy nazorat qiladi
hamda xarajatlarni optimallashtirish boʻyicha choralarni koʻrib boradi;
hududiy boshqarma xodimlari, Hududiy boshqarma tasarrufidagi tashkilot va muassasalar
hamda Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan vazirlik topshiriqlarini
bajarishda sustkashlikka yoʻl qoʻyilgan taqdirda, ularga chora koʻrish yuzasidan hududiy
boshqarma boshligʻiga taklif kiritadi;
hududiy boshqarmaning boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan faoliyat uzviyligini
taʼminlash, faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha tegishli axborotlarni yigʻish, tahlil qilish va birgalikda
ishlashni tashkil qiladi;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari va umumiy oʻrta taʼlim
maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarining kiritiladigan lavozimlar boʻyicha ish haqi
toʻlovlari, ustama haq va boshqa qoʻshimcha toʻlovlar belgilanishi yuzasidan tushunmovchiliklar
yuzaga kelgan holatlarda metodik yordam koʻrsatadi;
hududiy boshqarma tizimidagi tashkilot va muassasalarning bosh hisobchi va bosh
iqtisodchi lavozimlari boʻyicha zaxira bazasini shakllantiradi va “ustoz-shogird” uslubi boʻyicha
malaka oshirish
tizimini tashkil etadi;
hududiy va respublika miqyosida seminarlar, kengash yigʻilishlari, oʻquvlar, anjumanlar
va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan
shunga oʻxshash tadbirlarda ishtirok etadi;
davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona
foydalanish, mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va
kamchiliklar kelib chiqishi mumkin boʻlgan
holatlarni oldini olish, budjet intizomiga rioya
etishni taʼminlaydi;
hududiy boshqarma tasarrufidagi tashkilot va muassasalarning xarajatlar smetasi
doirasida ularning buyurtmalariga muvofiq va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tovarlar xarid
qilish va xizmatlar koʻrsatish uchun shartnomalar tuzish, shuningdek, isteʼmol limitlari va sarf-
xarajat normalariga rioya etilishini monitoring qilib boradi;
tashkilot va muassasalar, korxonalar va fuqarolarning murojaatlari koʻrib chiqadi va ular
yuzasidan hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
hududiy boshqarma tasarrufidagi tashkilot va muassasalarning choraklik, yillik
hisobotlarini oʻz vaqtida toʻgʻri yuborilishini taʼminlaydi;
“Yuridik va jismoniy shaxslarni murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda
fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari tayyorlashni nazorat qiladi,
yuridik va
jismoniy shaxslarni shaxsan qabul qiladi;
lavozim majburiyatiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan hududiy
boshqarma boshligʻiga axborot kiritib boradi.