9. Boʻlim faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga
erishilishi uchun javob
beradi.
10. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel,
xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi
ish olib boradigan
xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
11. Boʻlimda hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga
shaxsan javob beradi.
12. Bosh mutaxassis imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi
bergan xulosalarning
qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi.
13. Bosh mutaxassis mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda
intizomiy va moddiy
javobgardir.
Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi yetakchi mutaxassisining lavozim
yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi
yetakchi mutaxassisi
(bundan buyon matnda – yetakchi mutaxassis)ning lavozim majburiyatlari,
huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Yetakchi mutaxassis Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi
vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi
oʻrinlarda Hududiy boshqarma) boshligʻi buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan
ozod etiladi.
Yetakchi mutaxassis boʻlim boshligʻiga boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma
rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Yetakchi mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlariga,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti
Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning Hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga,
vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning Hayʼati qarorlari,
boshliq
buyruqlari va topshiriqlari bilan yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlagan
holda faoliyatini olib boradi;