• Yuridik xizmat koʻrsatish shoʻbasi boshligʻining lavozim Yoʻriqnomasi 1-bob. Umumiy qoidalar
  • Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/322
    Sana17.05.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #239820
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   322
    Bog'liq
    lavozim yoʻriqnomalari

     
    4-bob. Yetakchi mutaxassisning
    javobgarligi 
    8. Yetakchi mutaxassis oʻz lavozim majburiyatlari hamda boʻlim nizomiga muvofiq 
    boʻlimga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob 
    beradi.
    9. Boʻlim faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob 
    beradi. 
    10. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
    texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan 
    xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi. 
    11. Boʻlimda hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga 
    shaxsan javob beradi. 
    12. Yetakchi mutaxassis imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning 
    qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi. 
    13. Yetakchi mutaxassis mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga 
    asosan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada 
    bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda 
    intizomiy va moddiy javobgardir. 


    Yuridik xizmat koʻrsatish shoʻbasi boshligʻining lavozim
    Yoʻriqnomasi 
    1-bob. Umumiy qoidalar 
    1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Toshkent shahar 
    va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Boshqarma deb 
    yuritiladi) Yuridik xizmat koʻrsatish shoʻbasi (keyingi oʻrinlarda Shoʻba) boshligʻining lavozim 
    majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi. 
    2. Shoʻba boshligʻi belgilangan tartibda Boshqarma boshligʻi buyrugʻiga asosan Adliya 
    vazirligining hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan 
    ozod etiladi.
    Shoʻba boshligʻi Boshqarma boshligʻiga boʻysunadi. 
    3. Shoʻba boshligʻi lavozimiga oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha 
    kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan, davlat tilini biladigan, mamlakatimiz ichki va tashqi 
    siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklar hamda islohotlardan xabardor, sohaga oid normativ-
    huquqiy hujjatlar va soha yuzasidan yetarli bilimga ega boʻlgan, zamonaviy axborot-
    kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmasiga ega boʻlgan shaxslar tayinlanishi 
    mumkin. 
    4. Shoʻba boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini 
    tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori 
    va Boshqarma boshligʻilar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik 
    xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi 
    PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2017-yil 1-yanvardagi 250-son 
    qarori talablariga qatʼiy amal qilgan holda oʻz ishini tashkillashtiradi va olib boradi. 

    Download 3,57 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   322




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari

    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish