|
-bob. Shoʻba boshligʻining huquqlariBog'liq lavozim yoʻriqnomalari3-bob. Shoʻba boshligʻining huquqlari
20. Shoʻba boshligʻi quyidagi huquqlarga ega:
Boshqarmaga kelib tushayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni tanishish, xizmatda
foydalanish va ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish uchun birinchi navbatda olish;
Boshqarma, uning huzuridagi tashkilotlar va muassasalar mansabdor shaxslaridan yuridik
xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va
maʼlumotlarni olish;
Boshqarma boshligʻi tomonidan chaqiriladigan huquqiy masalalarga tegishli yigʻilishlar,
kengashlar va majlislarda ishtirok etish;
Boshqarma boshligʻining topshirigʻiga koʻra yoki tegishli tuzilma rahbarining roziligi
bilan ularning xodimlarini normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash
uchun, huquqiy ishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga jalb qilish;
qonunchilikka zid boʻlgan, qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan normativ-
huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun qaytarish, oʻz
eʼtirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida huquqiy
xulosalar berish, rahbariyat topshirigʻiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan boshqa tuzilmalar bilan
birgalikda ushbu loyihalarni puxta ishlanishida ishtirok etish;
Boshqarma huzuridagi tashkilotlar va muassasalarda boshqarma vakolatiga kiradigan
masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini oʻrganish;
Boshqarma, shuningdek uning huzuridagi tashkilotlar va muassasalarning qonunchilik
hujjatlari bajarilishini taʼminlamayotgan yoxud ularni buzayotgan rahbarlari va xodimlarini
javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish;
Boshqarmada, shuningdek uning huzuridagi tashkilotlar va muassasalarda yoki
Boshqarma tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda, shuningdek ularning
yakunlari boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqishda ishtirok etish hamda aniqlangan huquqbuzarliklar
yuzasidan huquqiy xulosalar berish;
Boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan huquqiy monitoring boʻyicha
axborotlarni oʻz vaqtida, toʻliq, ishonchli va sifatli topshirilishi yuzasidan nazorat qilish,
Boshqarma boshligʻiga tarkibiy boʻlinmalarning huquqiy monitoringga oid faoliyati
samaradorligini taʼminlash va oshirish yuzasidan takliflar va bildirishnomalar kiritish;
talabnoma-daʼvo tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar
yuzasidan undirilgan summaning 5 foizi, biroq eng kam oylik ish haqining 50 barobardan koʻp
boʻlmagan miqdorda mukofot olish.
Boshqarmada, shuningdek uning huzuridagi tashkilotlar va muassasalarda qonun buzilishi
holatlari aniqlanganligi toʻgʻrisida zudlik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri yuqori turuvchi organga,
Adliya vazirligining hududiy boshqarmasiga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga
xabar berishi;
belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirishi va attestatsiyadan oʻtish.
Shoʻba boshligʻi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
|
| |