22. Shoʻba faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga
erishilishi uchun
javob beradi.
23. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel,
xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi
ish olib boradigan
xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
24. Shoʻbada hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga
shaxsan javob beradi.
25. Shoʻba boshligʻi oʻzi viza qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning
qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi.
26. Shoʻba boshligʻi mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda
intizomiy va moddiy
javobgardir.
Yuridik xizmat koʻrsatish Shoʻba si bosh yuriskonsultining lavozim
yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Toshkent shahar
va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda
Boshqarma deb
yuritiladi) Yuridik xizmat koʻrsatish Shoʻbasi (keyingi oʻrinlarda Shoʻba) bosh yuriskonsulti
lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Bosh yuriskonsult belgilangan tartibda Boshqarma boshligʻi buyrugʻiga
asosan Adliya
vazirligining hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan
ozod etiladi.
Bosh yuriskonsult Boshqarma boshligʻiga, Shoʻba boshligʻiga boʻysunadi.
3. Bosh yuriskonsult lavozimiga oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha
kamida bir yillik ish stajiga ega boʻlgan, davlat va xorijiy tillarni biladigan, mamlakatimiz ichki
va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklar hamda islohotlardan xabardor,
sohaga oid
normativ huquqiy hujjatlar va soha yuzasidan yetarli bilimga ega,
zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmasiga ega boʻlgan shaxslar tayinlanishi
mumkin.
4. Bosh yuriskonsult Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori
va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-yanvardagi PQ-
2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2017-yil 1-yanvardagi 250-son qarori
talablariga qatʼiy amal qilgan holda oʻz ishini tashkillashtiradi va olib boradi.