• Nazorat-tahlil, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash shoʻbasi boshligʻining lavozim yoʻriqnomasi 1-bob. Umumiy qoidalar
  • -bob. Bosh yuriskonsultning javobgarligi




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/322
    Sana17.05.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #239820
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   322
    Bog'liq
    lavozim yoʻriqnomalari

    4-bob. Bosh yuriskonsultning javobgarligi 
    22. Bosh yuriskonsult oʻz lavozim majburiyatlari hamda boʻlim nizomiga muvofiq 
    zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun javob 
    beradi.
    23. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
    texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan 
    xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi. 
    24. Bosh yuriskonsult uning yurituvidagi hujjatlarni belgilangan tartibda saqlanishiga 
    javob beradi. 
    25. Bosh yuriskonsult oʻzi viza qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning 
    qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi. 


    26. Bosh yuriskonsult mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan 
    zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun 
    Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy 
    javobgardir. 


    Nazorat-tahlil, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash
    shoʻbasi boshligʻining lavozim yoʻriqnomasi 
    1-bob. Umumiy qoidalar 
    1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Nazorat-tahlil, ijro intizomi va murojaatlar bilan 
    ishlash shoʻbasi boshligʻi
     
    (bundan buyon matnda – shoʻba boshligʻi)ning lavozim majburiyatlari, 
    huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi. 
    2. Shoʻba boshligʻi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi 
    vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi 
    oʻrinlarda Hududiy boshqarma) boshligʻi buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan 
    ozod etiladi. 
    Shoʻba boshligʻi bevosita boshliqqa boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati 
    tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi. 
    3. Shoʻba boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, 
    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
    Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
    qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda 
    boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi 
    Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha 
    va maktab taʼlimi vazirligi Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish 
    toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib 
    boradi. 

    Download 3,57 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   322




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Bosh yuriskonsultning javobgarligi

    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish