Boshqarma tizimida ijro intizomi talablariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi;
boshqarma, tasarrufdagi tashkilotlar va tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini talab
darajasida olib borilishini hamda belgilangan maqsadga erishishni nazorat qiluvchi
samaradorlikni baholash (KPI) mezonlarini monitoringini amalga oshiradi;
qabul qilingan qaror, buyruq, majlis bayonnomalari hamda vazirlik,
hokimlik va
boshqarma koʻrsatmalarmi bajarilishini tahlil qilib boradi, nazoratdan chiqarish yoki ijro
muddatini uzaytirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
boshqarmaning choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarini tayyorlaydi;
“Ijro.gov.uz” elektron hujjat aylanish tizimidagi Qonunchilik hujjatlaridagi
topshiriqlarni boshqarma, tasarrufdagi tashkilotlar va tuman (shahar) boʻlimlari xodimlari
tomonidan oʻz vaqtida taʼminlanishini boʻyicha nazorat olib borishda boʻlim boshligʻiga
koʻmaklashish;
“edo.ijro.uz” elektron hujjat aylanish tizimiga boshqarma, tasarrufdagi tashkilotlar va
tuman (shahar) boʻlimlari masʼullari tomonidan ijrosi boʻyicha kiritilgan hujjatlarni koʻrib
chiqishda ishtirok etish (nazoratdan olish, bajarishda kamchiliklar aniqlangan holatlarda qayta
ishlashga qaytarish);
Boshqarma rahbariyatining jismoniy va yuridik shaxslarni qabullarni tashkillashtiradi,
sayyor qabulga oid tashkiliy va tahliliy ishlarni amalga oshiradi;
oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan
odob-axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik
xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boshqa qoidalarga rioya etadi;
boshqarmaning obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
boshqarma tizimidagi rahbar va xodimlarni ragʻbatlantirish, intizomiy javobgarlikka
tortish toʻgʻrisida takliflar
kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari,
Maktabgacha va vazirlik hamda boshqa tashkilot va idoralardan kelgan murojaatlarni (taklif,
ariza va shikoyat) oʻrnatilgan tartibda roʻyxatga olish, mazmunan oʻrganish va boshqarma
faoliyatiga taalluqlilarini rahbariyat orqali boshqarma apparati xodimlari va tuman (shahar)
boʻlimlariga ijro uchun yetkazilishini hamda belgilangan muddatda bajarilishini nazoratini olib
boradi va nazoratdan olinishi yuzasidan monitoring yuritadi;
boshqarmaga kelib tushgan, boshqarma faoliyatiga taalluqli boʻlmagan,
shuningdek,
anonim, takroriy va koʻrmasdan qoldiriladigan murojaatlar (taklif, ariza va shikoyat) boʻyicha
belgilangan muddatda tegishli xulosa va javob xatlari asosida oʻrnatilgan tartibda nazoratdan
olinishini taʼminlaydi;
Murojaatlar boʻyicha har chorakda 1-7-жадваллар ва 1-8-jadvallar shaklida
hisobotlarni muddatidan kechiktirmasdan tayyorlaydi;
faoliyati doirasidagi masalalar boʻyicha fuqarolarni qabul qiladi, murojaatlarni
oʻrganadi, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar koʻradi;
Yetakchi mutaxassisning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham
boʻlishi mumkin.
5. Yetakchi mutaxassis quyidagilarni bajarishi shart:
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari,
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi;
Boshqarma boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni oʻz
vaqtida va
sifatli bajarishni taʼminlashi;