davlat organining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar
hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirib borish;
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat
shartnomasiga oʻzgartirish kiritish va shartnomani bekor qilish;
oʻz mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim
yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish;
ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik
xizmatchilari uchun
qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram
kunlari, shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish;
qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat
pensiya taʼminotini olish;
davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor
shaxslarining qonunga
xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish;
davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh
tortish;
davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida
xabar bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish;
xizmatga oid masalalar yuzasidan davlat organining rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish,
oʻzi davlat fuqarolik xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish
boʻyicha takliflar
kiritish;
oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat organining rahbariyati hamda
boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi;
davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda,
shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat fuqarolik xizmati
lavozimining va ish haqining saqlanib qolishi;
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini oʻtash vaqtida yetkazilgan
moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi;
oʻzining
mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda
taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilish;
davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga
murojaat qilish;
oʻzining shaxsiy hujjatlari toʻplami bilan tanishish.
Ijro intizomi shoʻbasi
zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun
zarur boʻlgan maʼlumotlar, xulosalar va boshqa hujjatlarni boshqarma
xodimlari va tuman
(shahar) boʻlimlari, tasarrufdagi tashkilotlardan soʻrab olish va ular bilan oʻzaro hamkorlik
qilish;
Ijro intizomi shoʻbasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqarma tarkibiy
boʻlinmalari, tasarrufdagi tashkilotlar tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini oʻrganish, tahlil qiladi
va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taklif tayyorlash;
ijro muddati yaqinlashayotgan nazoratdagi hujjatlar, shu
jumladan ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning eng muhim va ustuvor masalalariga oid, bajarilishi uzoq muddatga
moʻljallangan hujjatlarning ijro holatini barcha bosqichlarda nazorat qilish, ularning ijrosini
taʼminlashni masʼul ijrochilardan
talab qilish va tekshirish;
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa,
elektron pochta, internet tarmogʻidan tekin foydalanish;
boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tasarrufdagi tashkilotlar tuman (shahar) boʻlimlari
xodimlarining ijro intizomini buzganlik, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni
bajarmaganlik yoki
lozim darajada bajarmaganlik holatlari yuzasidan boshqarma boshligʻi nomiga tushuntirishlar
olish, ularni intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda shoʻba boshligʻiga
takliflar kiritish;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini
oshirish va qayta tayyorlash
kurslarida ishtirok etish;
7. Ijro intizomi shoʻbasi bosh mutaxassisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.