Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

 
 
 
 
3-bob. Nazorat-tahlil, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash shoʻbasi 
yetakchi mutaxassisining huquqlari 
6. Yetakchi mutaxassis quyidagi huquqlarga ega: 
oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga, 
bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish; 
kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun ragʻbatlantirilish; 
davlat organining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar 
hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirib borish; 
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat 
shartnomasiga oʻzgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish; 
oʻz mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim 
yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish; 
mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish; 
ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun 
qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram 
kunlari, shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish; 
qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat 
pensiya taʼminotini olish; 
davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga 
xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish; 
davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh 
tortish; 
davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida 
xabar bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish; 
xizmatga oid masalalar yuzasidan davlat organining rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish, 
oʻzi davlat fuqarolik xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish 
boʻyicha takliflar kiritish; 
oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat organining rahbariyati hamda 
boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi; 
davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, 
shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat fuqarolik xizmati 
lavozimining va ish haqining saqlanib qolishi; 
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini oʻtash vaqtida yetkazilgan 
moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi; 
oʻzining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda 
taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilish; 
davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga 
murojaat qilish; 
oʻzining shaxsiy hujjatlari toʻplami bilan tanishish. 


Ijro intizomi shoʻbasi
 
zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun 
zarur boʻlgan maʼlumotlar, xulosalar va boshqa hujjatlarni boshqarma xodimlari va tuman 
(shahar) boʻlimlari, tasarrufdagi tashkilotlardan soʻrab olish va ular bilan oʻzaro hamkorlik 
qilish; 
Ijro intizomi shoʻbasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqarma tarkibiy 
boʻlinmalari, tasarrufdagi tashkilotlar tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini oʻrganish, tahlil qiladi 
va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taklif tayyorlash; 
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa, 
elektron pochta, internet tarmogʻidan tekin foydalanish; 
boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tasarrufdagi tashkilotlar tuman (shahar) boʻlimlari 
xodimlarining ijro intizomini buzganlik, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganlik yoki 
lozim darajada bajarmaganlik holatlari yuzasidan boshqarma boshligʻi nomiga tushuntirishlar 
olish, ularni intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda shoʻba boshligʻiga 
takliflar kiritish; 
oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini 
oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish; 
7. Yetakchi mutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi 
mumkin. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish