Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish Shoʻba si boshligʻining
lavozim majburiyatlari
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini
muvofiqlashtirish Shoʻba boshligʻining (bundan buyon matnda – shoʻba boshligʻi)ning lavozim
majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Shoʻba boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining
tavsiyasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri,
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda
Hududiy boshqarma) boshligʻi buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi
va lavozimdan ozod
etiladi.
Shoʻba boshligʻi bevosita Hududiy boshqarma boshligʻi hamda Hududiy boshqarma
boshligʻining birinchi oʻrinbosariga boʻysunadi va oʻz faoliyatini
boshqarma rahbariyati
tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Shoʻba boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari
va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, vazirlikning Hayʼati qarorlari, vazirning
buyruq va farmoyishlariga,
vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning Hayʼati qarorlari,
boshliq
buyruqlari va topshiriqlari bilan yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlagan
holda faoliyatini olib boradi.