Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratni amalga oshirish boʻyicha bosh
mutaxassisining lavozim yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazoratni
amalga oshirish boʻyicha bosh mutaxassisi
(bundan buyon matnda –bosh mutaxassis)ning
lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2.
Tuzilma bosh mutaxassisi xizmat faoliyati davomida Boshqarma boshligʻiga
boʻysunadi.
3. Bosh mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari
va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma
boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va
Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari) amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.