-bob. Matbuot kotibining lavozim majburiyatlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

2-bob. Matbuot kotibining lavozim majburiyatlari 
4. Matbuot kotibi quyidagilarni amalga oshiradi: 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlarida Matbuot 
xizmatiga yuklatilgan vazifalarni hamda rahbariyatining boshqa topshiriqlarini oʻz vaqtida va 
sifatli ijro etilishini taʼminlaydi. 
Matbuot xizmati ishini takomillashtirish va kasbiy malakasini doimiy ravishda oshirish 
choralarini koʻradi.
Axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar 
agentligining hududiy boʻlinmalari, mahalliy hokimliklar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi 
organlarining hududiy boʻlinmalari axborot xizmatlari bilan samarali amaliy hamkorlikni yoʻlga 
qoʻyadi. 
Matbuot xizmatining yillik, yarim yillik va choraklik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va 
tasdiqlash uchun hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlinmalari rahbariga kiritadi hamda 
vazirlikning Axborot xizmatiga tasdiqlash uchun yuboradi. 
Matbuot kotibining faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan 
takliflar tayyorlaydi hamda faoliyatiga oid muhim masalalar haqida hududiy maktabgacha va 
maktab taʼlimi boʻlinmalari rahbariga va vazirlikning Axborot xizmatiga muntazam ravishda 
axborot beradi. 
Ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet tarmogʻida axborot eʼlon qiladi 
(chop etadi), shuningdek ularni rasmiy veb-saytlarda, hamma kirishi mumkin boʻlgan xonalar va 
joylarga joylashtirish va yangilab borishni taʼminlaydi. 
Ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlinmalari 
rahbariyati ishtirokidagi press-tadbirlar (majlislar, yigʻilishlar, uchrashuvlar, matbuot 
anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni tashkil etadi va oʻtkazadi. 
Ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, matbuot kotibi bilan doimiy 
hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantiradi, axborot xabarlarini (matbuot uchun 
axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatadi, ommaviy tadbirlarni tashkil etadi. 
Ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning soʻrovi asosida ularga ogʻzaki va yozma 
shaklda (shu jumladan, elektron hujjat shaklida) axborot taqdim etadi. 


Matbuot kotibi oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur boʻlgan axborotni 
hududiy boshqarmalarning boshqa boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlikda toʻplaydi va ularni 
puxta ishlaydi. 
Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlinmalari faoliyatiga doir masalalar boʻyicha 
bosma materiallarni tayyorlaydi hamda milliy va xorijiy nashrlarda eʼlon qiladi, telekoʻrsatuvlar 
va radio eshittirishlarni tashkil etadi. 
Ommaviy axborot vositalari bilan axborot-maʼlumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun 
Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlinmasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha 
tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan maʼlumotlar banki tashkil etilishi va 
yuritilishini taʼminlaydi. 
Hududiy boʻlinmaning veb-saytini zamonaviy darajada yuritishni taʼminlaydi. 
Tashkil etiladigan rasmiy tadbirlardan teledasturlar, roliklar va lavhalar tayyorlashda va 
ularni montaj qilishda ishtirok etadi hamda ushbu materiallarni belgilangan tartibda saqlash 
uchun ularning arxivlashtirilishini taʼminlaydi. 
Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlinmasi faoliyatiga doir foto, audio va 
videomateriallarni tayyorlaydi hamda ularni tayyorlash jarayonida davlat va nodavlat ommaviy 
axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi. 
Axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirib 
borish, ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet tarmogʻida materiallar tarqatish 
boʻyicha kompleks ishlarni tashkil etadi. 
Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza 
qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi. 
Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlinmasi ish rejasi, shuningdek rahbariyati 
topshirigʻiga asosan xizmat safarlariga boradi. 
Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlinmasining obroʻsi va shaʼniga putur 
yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan 
maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qiladi. 
Faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning, jumladan, 
ommaviy axborot vositalarining murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqadi. 
5. Matbuot kotibiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

Download 3,57 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Matbuot kotibining lavozim majburiyatlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish