• Matbuot kotibining lavozim yoʻriqnomasi 1-bob. Umumiy qoidalar
  • -bob. Nazorat-tahlil, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash shoʻbasi




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/322
    Sana17.05.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #239820
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   322
    Bog'liq
    lavozim yoʻriqnomalari

    4-bob. Nazorat-tahlil, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash shoʻbasi 
    yetakchi mutaxassisining
    javobgarligi 
    8. Yetakchi mutaxassis oʻz lavozim majburiyatlari hamda shoʻba nizomiga muvofiq 
    boʻlimga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob 
    beradi.
    9. Ijro intizomi shoʻbasi faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga 
    erishilishi uchun javob beradi. 
    10. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
    texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan 
    xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi. 
    11. Ijro intizomi shoʻbasida hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda 
    saqlanishini taʼminlashga shaxsan javob beradi. 
    12. Yetakchi mutaxassis imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning 
    qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi. 
    13. Yetakchi mutaxassis mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga 
    asosan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada 
    bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda 
    intizomiy va moddiy javobgardir. 


    Matbuot kotibining lavozim yoʻriqnomasi 
    1-bob. Umumiy qoidalar 
    1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi matbuot kotibining lavozim majburiyatlari, vakolatlari va 
    javobgarliklarini belgilab beradi.
    2. Matbuot kotibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi 
    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining hududiy boʻlinmalari va Maktabgacha va 
    maktab taʼlimi vazirligining Axborot xizmati bilan kelishilgan holda hududiy boʻlinma 
    rahbarining buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. 
    Matbuot kotibi bevosita boshliqqa boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati 
    tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi. 
    3. Matbuot kotibi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston 
    Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari 
    va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
    farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma 
    boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va 
    Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab 
    taʼlimi vazirligi Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi 
    Yoʻriqnoma” hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi. 

    Download 3,57 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   322




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Nazorat-tahlil, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash shoʻbasi

    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish