-bob. Shoʻba boshligʻining lavozim majburiyatlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

2-bob. Shoʻba boshligʻining lavozim majburiyatlari 
4. Shoʻba boshligʻi quyidagilarni amalga oshiradi: 
umumiy oʻrta taʼlim siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda 
davlat boshqaruvi organlarining tegishli boshqarmalari bilan samarali amaliy hamkorlikni yoʻlga 
qoʻyadi; 
Boshqarmada umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish Shoʻba sining 
yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Boshqarma boshligʻi 
ga kiritish; 
ish rejada belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib 
borish; 
Shoʻba faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi 
hamda Shoʻba faoliyatiga oid muhim masalalar haqida Boshqarma boshligʻiga muntazam 
ravishda axborot berib borish;
maktablar Shoʻbasiga bevosita umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Shoʻba xodimlarining 
faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda mazkur nizomga muvofiq yuklangan vazifalar ijrosini 
nazorat qilish; 
Shoʻba xodimlariga amaldagi qonunchilikka muvofiq vakolati doirasida tegishli 
topshiriqlar berish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarini tashkil etilishi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazadi, ulardagi 
muammoli holatlarni bartaraf etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish; 
sohaga oid hisobotlarni toʻplaydi, asosiy koʻrsatkichlarni shakllantiradi va tahlil qiladi, 
Boshqarma rahbariyati va boshqa vakolatli yuqori turuvchi organlarga taqdim qilish; 
maktab filiallarini faoliyatini oʻrganish va ularning kelgusidagi faoliyati boʻyicha 
Boshqarma boshligʻiga taklif kiritish; 
maktab bitiruvchilariga e-shahodatnoma.uz elektron tizimida shahodatnomalarga 
buyurtmalarni oʻz vaqtida kiritilishini nazorat qilish; 


umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilariga attestat, oltin va kumush medallarni oʻz 
vaqtida yetkazib berishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish; 
fuqarolarga yoʻqolgan va yaroqsiz holatga kelgan shahodatnomalari oʻrniga dublikat 
shahodatnoma olish uchun elektron tizimdan kelgan arizalarni belgilangan vaqtda koʻrib 
chiqilishini nazorat qilish; 
hududdagi umumtaʼlim maktablariga maktab yoshidagi bolalarni toʻliq qamrab olish 
boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarni shakllantirish hamda qabul qilinishi kutilayotgan 1-sinf 
oʻquvchilari uchun “Prezident sovgʻasi”ga buyurtmalarni shakllantirish va vazirlikka taqdim 
etish; 
umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga oʻquvchilar qabuli va ularga “Prezident sovgʻasi”ni 
yetkazib berilishini nazorat qilish; 
erp.uzedu.uz elektron platformasida oʻquvchilar haqidagi maʼlumotlarni shakllantirilishini 
taʼminlash va nazorat qilish; 
oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonni (davlat 
xizmatini) muvofiqlashtirish, tizimli monitoringini olib borish; 
umumtaʼlim maktablari tomonidan elektron dastur orqali yuborilgan sinflar komplektini 
shakllantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni moliya boʻlimi bilan birgalikda belgilangan mezonlar 
asosida koʻrib chiqish va tasdiqlash;
oʻz faoliyat yoʻnalishiga aloqador masalalarda hududiy boshqarma tomonidan davlat 
xizmatlari koʻrsatilishini doimiy nazorat qiladi hamda muvofiqlashtirib boradi; 
umumtaʼlim maktablarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish 
va ular ishlarini muvofiqlashtirish; 
lavozim majburiyatiga taalluqli yoʻnalishlar boʻyicha fuqarolardan kelgan murojaatlarni 
oʻrganib chiqib, tegishli javob xatlarini yuborish; 
boshqarma nizomi, kasbiy odob-axloq qoidalari, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza 
qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish, 
shuningdek rahbarlik qiladigan tarkibiy boʻlinma xodimlarining ushbu qoidalarga rioya 
etishlarini nazorat qilish; 
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati
va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish; 
tizimda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari orqali kelgan arizalarni oʻz vaqtida koʻrib 
chiqilishini nazorat qilish; 
taʼlim tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni 
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda 
qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash; 
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada 
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; 
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 
5. Shoʻba boshligʻi quyidagilarni bajarishi shart: 
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari, 
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi; 
Hududiy boshqarma boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni oʻz vaqtida 
va sifatli bajarishni taʼminlashi; 
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Hududiy boshqarma boshligʻi oldida hisobot berishi. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Shoʻba boshligʻining lavozim majburiyatlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish