Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

4-bob. Shoʻba boshligʻining
javobgarligi 
8. Shoʻba boshligʻi oʻz lavozim majburiyatlari hamda boshqarma nizomiga muvofiq oʻziga 
yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
9. Shoʻba faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob 
beradi. 
10. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan 
xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi. 
11. Shoʻba boshligʻi hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini 
taʼminlashga shaxsan javob beradi. 
12. Shoʻba boshligʻi imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning 
qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi. 
13. Shoʻba boshligʻi mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan 
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun 
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy 
javobgardir. 


 
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi metodistining
lavozim majburiyatlari 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini 
muvofiqlashtirish Shoʻbasi metodisti (bundan buyon matnda – metodist)ning lavozim 
majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi. 
2. Metodist Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, 
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda 
Hududiy boshqarma) boshligʻi buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod 
etiladi. 
3. Metodist Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari 
va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma 
boshligʻi koʻrsatmalariga hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish