-bob. Metodistning lavozim majburiyatlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

2-bob. Metodistning lavozim majburiyatlari 
4. Metodist quyidagilarni amalga oshiradi: 
bevosita Hududiy boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari va Shoʻba boshligʻiga 
boʻysunadi; 
Metodist Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari 
va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
farmoyishlariga, vazirlikning Hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, 
vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning Hayʼati qarorlari, boshliq 
buyruqlari va topshiriqlari bilan yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlagan 
holda faoliyatini olib boradi; 
Shoʻbaning yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Shoʻba boshligʻiga 
taqdim etish; 
ishlarini tashkil etilishi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazadi, ulardagi muammoli holatlarni 
bartaraf etish boʻyicha Shoʻba boshligʻiga taklif kiritish; 
asosiy koʻrsatkichlarni shakllantirish va tahlil qilish; 
shahodatnomalarga berilgan buyurtmani tahlil qilish, attestat, oltin va kumush medallarga 
nomzodlar roʻyxatini oʻrganish, maktab hujjatlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash hamda nizom 
talablariga muvofiq buyurtmalarni shakllantirish va Vazirlikka taqdim etish; 
maktab bitiruvchilariga e-shahodatnoma.uz elektron tizimida shahodatnomalarga 
buyurtmalarni oʻz vaqtida kiritilishini nazorat qilish; 
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar farzandlarini umumiy oʻrta taʼlim 
muassasalarida oʻqishlarini muvofiqlashtirish; 
oʻquvchilarni bir maktabdan boshqasiga oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonni (davlat 
xizmatini) muvofiqlashtirish, tizimli monitoringini olib borish; 
elektron tizim orqali nostrifikatsiya qilish uchun kelib tushgan arizalarni koʻrib chiqish; 
umumiy oʻrta taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standarti doirasida mustaqil oʻzlashtirgan 
taʼlim oluvchilarni eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish uchun tushgan 
arizalarni oʻz vaqtida qabul qilinishini taʼminlash;
umumiy oʻrta taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standarti doirasida mustaqil oʻzlashtirgan 
taʼlim oluvchilarni eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtkazilishini tashkil etish; 


fuqarolarga yoʻqolgan va yaroqsiz holatga kelgan shahodatnomalari oʻrniga dublikat 
shahodatnoma olish uchun elektron tizimdan yuborgan arizalarini belgilangan vaqtda koʻrib 
chiqilishini nazorat qilish;
erp.uzedu.uz elektron platformasida oʻquvchilar haqidagi maʼlumotlarni shakllantirilishini 
taʼminlash va nazorat qilish; 
oʻquvchilarni bir maktabdan boshqa maktabga oʻtishda davlat xizmatlari orqali ariza 
topshirgan fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash; 
umumtaʼlim maktablarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish 
va ular ishlarini muvofiqlashtirish; 
boshqarma nizomi, kasbiy odob-axloq qoidalari, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza 
qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati
va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish; 
taʼlim tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni 
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda 
qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash; 
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada 
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; 
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Metodistning lavozim majburiyatlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish