Darsliklar bilan taʼminlash va kutubxonalar faoliyatini rivojlantirish shoʻbasi boshligʻi
lavozim
Yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi
boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar) Darsliklar bilan taʼminlash va
kutubxonalar faoliyatini rivojlantirish Shoʻba boshligʻi (bundan buyon matnda – shoʻba
boshligʻi)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi;
2. Shoʻba boshligʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
bilan kelishilgan holda Hududiy boshqarmalari boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadi va
lavozimidan ozod etiladi;
Shoʻba boshligʻi bevosita boshliqqa boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati
tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Shoʻba boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari
va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma
boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va
Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligi Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi
Yoʻriqnoma” hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.