|
-bob. Boʼlim boshligʻining huquqlariBog'liq lavozim yoʻriqnomalari3-bob. Boʼlim boshligʻining huquqlari
6. Boʼlim boshligʻi quyidagi huquqlarga ega:
oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga,
bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish;
kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun ragʻbatlantirilish;
davlat organining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar
hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirib borish;
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat
shartnomasiga oʻzgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish;
oʻz mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim
yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish;
ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun
qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram
kunlari, shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish;
qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat
pensiya taʼminotini olish;
davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish;
maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni;
maktabgacha, umumiy oʻrta taʼlim makatablari va maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyilgan
davlat taʼlim standartlari hamda davlat talablari mazmunini;
taʼlim muassasalaridagi oʻquv va tarbiya sifatini oshirishning usullarini;
pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasini, jamoada qulay psixologik muhit
yaratishni;
tadbirkorlik, litsenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlarni;
oʻquv va tarbiya jarayonida oʻqitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini,
taʼlim muassasasi va oʻqituvchilar faoliyatini tahlil qila olish, muammolarini aniqlash va ularni
hal qilishning samarali yoʻllarini topishni.
7. Boʼlim boshligʻi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi
mumkin.
|
| |