Oʻquvchilarning bilimi hamda koʻnikmalarini baholash shoʻbasi
bosh metodistning lavozim yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Oʻquvchilar va pedagoglarning bilimi hamda
koʻnikmalarini baholash Shoʻba si bosh metodisti
(bundan buyon matnda – bosh metodist)ning
lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2.
U oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida
amalga oshiradi.
3. Bosh metodist Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari
va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma
boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va
Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari) amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.