-bob. Bosh metodistning huquqlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

3-bob. Bosh metodistning huquqlari 
6. Bosh metodist quyidagi huquqlarga ega: 
oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga, 
bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish; 
kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun ragʻbatlantirilish; 
davlat organining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar 
hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirib borish; 
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat 
shartnomasiga oʻzgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish; 
oʻz mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim 
yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish; 
mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish; 
ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun 
qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram 
kunlari, shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish; 
qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat 
pensiya taʼminotini olish; 
davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof 
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish; 
maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni; 
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyilgan davlat taʼlim 
standartlari mazmunini; 
umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi oʻquv va tarbiya sifatini oshirishning usullarini; 
pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasini, jamoada qulay psixologik muhit 
yaratishni; 
tadbirkorlik, litsenziyalash sohasidagi qonunchilik hujjatlarni; 
oʻquv va tarbiya jarayonida oʻqitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini, 
taʼlim muassasasi va oʻqituvchilar faoliyatini tahlil qila olish, muammolarini aniqlash va ularni 
hal qilishning samarali yoʻllarini topishni. 
7. Bosh metodist qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish