-bob. Metodistining lavozim majburiyatlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

2-bob. Metodistining lavozim majburiyatlari 
4. Metodist quyidagilarni amalga oshiradi: 
umumiy oʻrta taʼlim makatablarida taʼlim sifati monitoringi jarayonini tashkil etish, 
oʻquvchilar tomonidan Davlat taʼlim standartlari talablarining bajarilishi darajasi, 
oʻzlashtirishidagi nuqsonlar, ularni keltirib chiqaradigan omillar, oʻquvchilarning taʼlimga oid 
ehtiyojlarini aniqlash, aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash; 
Shoʻba ga yuklangan barcha vazifalar bajarilishini taʼminlash, taʼlim sifatini
takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va boʻlim boshligʻiga taqdim etish; 
umumiy oʻrta taʼlim makatablarining reytingini aniqlash jarayonini tashkil etish; 
boʻlimning yillik ish rejasini, taʼlim muassasalarini monitoring qilish reja-jadvali va 
dasturini tuzish hamda ijrosini taʼminlash; 
umumiy oʻrta taʼlim makatablarining oʻquv-tarbiya jarayonini yaxshilash boʻyicha 
faoliyatini muvofiqlashtirish, ichki va tashqi monitoringini tashkil etilishini taʼminlash, taʼlim 
sifatini yaxshilash borasida seminar va konferensiyalar oʻtkazish; 
umumiy oʻrta taʼlim makatablarida oʻquvchilar bilimining davlat taʼlim standartlari 
mosligini monitoring qilish, oʻtkazilgan monitoring natijalarini muhokama qilish uchun tegishli 
maʼlumotlarni boshqarmaning Hayʼat yigʻilishiga kiritish; 
monitoring jarayonida aniqlangan boʻshliqlarni Pedagoglarni yangi metodikalarga 
oʻrgatish milliy markaz hududiy boʻlimi metodistlari bilan yangi tavsiyalar ishlab chiqish va 
taʼlim muassasalariga yetkazish; 
Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markaz hududiy boʻlimi metodistlari, 
tajribali amaliyotchi oʻqituvchilardan iborat jamoatchi ekspertlar jamoasini tuzish; 
ekspertlar jamoasi bilan birga nazorat materiallari bazasini shakllantirish, sinflar, fanlar va 
mavzular kesimida tayyorlangan ushbu materiallarni muntazam toʻldirib borish; 
oʻquvchilar bilimida aniqlangan boʻshliqlarni bartaraf etish masalalari boʻyicha faoliyatni 
amalga oshirish; 
oʻquvchilarga taʼlim berish sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan, davlat taʼlim standartlari 
bajarilishini oʻrganish boʻyicha turli intellektual koʻrik-tanlovlar, olimpiadalar va musobaqalarni 
oʻtkazish; 
taʼlimiga oid va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini; 
faoliyat yoʻnalishi boʻyicha yangiliklarni, psixologiya-pedagogika fani yutuqlarini va uni 
hayotga tatbiq etish yoʻllarini; 


oʻquvchilarning davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirish monitoringini 
olib borish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yoʻllarini; 
davlat taʼlim standartlari, oʻquv reja, oʻquv dasturi mazmuni hamda oʻquv jarayoniga 
tatbiq etish yoʻllarini; 
darslarni tahlil qilish, ilgʻor pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini; 
oʻquvchilar bilim va koʻnikmalarini xalqaro talablar darajasida baholanish metodikalaridan 
xabardor boʻlish; 
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika 
va yongʻin xavfsizligi qoidalarini. 
5. qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Metodistining lavozim majburiyatlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish