Taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyalashni tashkil etish shoʻbasi
bosh metodistining lavozim yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Taʼlim tashkilotlarini akkreditatsiyalashni tashkil etish
Shoʻba
si bosh metodisti
(bundan buyon matnda – bosh metodist)ning lavozim majburiyatlari,
huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2.
U oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan
ish rejasi asosida
amalga oshiradi.
3. Bosh metodist Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari
va
farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati
qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma
boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti va
Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari) amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.