Pedagoglarni bilimi hamda koʻnikmalarini baholash shoʻbasi
metodistining lavozim yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Oʻquvchilar va pedagoglarning bilimi hamda
koʻnikmalarini baholash Shoʻba
si metodisti
(bundan buyon matnda – metodist)ning lavozim
majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2.
U oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan
ish rejasi asosida
amalga oshiradi.
3. Metodist Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari
va
farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati
qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma
boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti va
Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari) amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.