taʼlim sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda, taʼlim strategiyasini ishlab chiqishda
ishtirok etadi;
umumiy oʻrta taʼlim maktablarida pedagog xodimlarning dars taqsimotini amaldagi
tarifikatsiya asosida toʻgʻri taqsimlanishi boʻyicha tushuntirish ishlarini doimiy ravishda olib
boradi;
xalqaro tan olingan taʼlim dasturlari joriy etiladigan taʼlim muassasalarida xalqaro taʼlim
dasturlarining amaliyotga samarali tatbiq etilishini muvofiqlashtiradi;
amaldagi qonunchilik va oʻz huquqlari doirasida faoliyatni amalga oshiradi, buyruq va
boshqa meʼyoriy hujjatlar loyihasini tayyorlaydi;
Shoʻba ning yillik ish rejasini ishlab chiqadi hamda bajarilishini taʼminlaydi;
umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti, oʻquv reja va oʻquv dasturlarini uzluksiz
takomillashtirib borish, taʼlim-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy ilgʻor shakllarini,
innovatsion pedagogik texnologiyalarini joriy etilishida ishtirok etadi;
boshqarma tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlar hamda ishlab chiqarish majlislarida
ishtirok etadi, rahbariyatga Shoʻba faoliyati doirasida masalalarni tayyorlaydi, takliflar kiritadi;
Shoʻbaning yuqori tashkilotlar bilan ishlarini muvofiqlashtiradi, boshqarmaning boshqa
boʻlim va Shoʻbalari bilan faoliyat uzviyligini taʼminlaydi;
taʼlim tizimida metodik xizmatning sifati bilan bogʻliq boʻlgan turli tadbirlar, koʻrik-
tanlovlar oʻtkazishni muvofiqlashtiradi;
Shoʻba faoliyatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha tegishli axborotlarni yigʻadi, tahlil etadi
va hisobotlar tayyorlaydi.
5. Shoʻba boshligʻi quyidagilarni bajarishi shart:
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari,
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi;
Boshqarma boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli
bajarishni taʼminlashi;
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻi oldida hisobot berishi.