• O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PUL-KREDIT SIYOSATI KO’RSATKICHLAR TAHLILIDA
  • KIRISH
  • Kaxorova Anora Nusratovna Abdukadirova




    Download 116,17 Kb.
    bet1/6
    Sana18.05.2024
    Hajmi116,17 Kb.
    #242953
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Kaxorova Anora Nusratovna (1)



    №5 (100), часть2
    Декабрь, 2022

    Международныйнаучныйжурнал
    «Научный импульс»


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PUL-KREDIT SIYOSATI KO’RSATKICHLAR TAHLILIDA




    Kaxorova Anora Nusratovna Abdukadirova Komola Azimovna
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Iqtisodiyot fakulteti “Fundamental
    iqtisodiyot” kafedrasi assistentlari


    Annotatsiya:Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz jahonning iqtisodiy jihatdan baquvvat davlatlari iqtisodiyotida ham sezilarli darajada ta'sir o'tkazdi. Tabiiyki, bu jarayon O'zbekiston iqtisodiyotini ham chetlab o'tayotgani yo'q. Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etilganidek, 2021-yilda mamlakat iqtisodiyoti kamida 5 foiz oʻsishi maqsad qilingan. Biroq global iqtisodiyotdagi noaniqlik iqtisodiy oʻsishning qoʻshimcha zaxiralarini topish va safarbar qilishni talab etmoqda. Shu bois, Prezidentimiz barcha darajadagi rahbarlarga oʻz sohasi boʻyicha mahallalardagi holatni oʻrganish, “oʻsish nuqtalari”ni aniqlab, ularni rivojlantirish vazifasini qoʻydi. Iqtisodiy kompleks vakillarini mahallaga jalb etgan holda barcha organlar faoliyatini oʻzaro muvofiqlashtirish kerakligi va masalani joyida hal etish boʻyicha ularga barcha vakolatlar berilishi aytildi.
    Pullar mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasini aniqlovchi bir qancha iqtisodiy o’zgarishlarga kuchli ta’sir etgani sababli, pul-kredit siyosatining butun dunyo iqtisodiyotida ahamiyati dolzarb ekanligini ko’rsatib beradi. Pul-kredit siyosati davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosatining asosiy asoslaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan, respublikada inflyatsion jarayonlarning chuqurlashishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan talabini qondirish, yurtimiz aholisi va xo’jalik yurutuvchi subyektlarning kredit institutlarining kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish, milliy valyuta kurslarining barqarorligini ta’minlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
    Kalit so'zlar: Pul-kredit siyosati, iqtisodiy o'sish, valyuta kursi, inflyatsiya, inflyatsion target,monetar target, yalpi ichki mahsulot kasb etadi.


    KIRISH


    Pul-kredit siyosatining 2022 yil va 2023-2024 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, iqtisodiyotda narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, inflyasiya darajasini 2023 yil yakuniga qadar 5 foizgacha pasaytirish maqsadlaridan kelib chiqilgan. Pandemiya sharoitida 2020 yilda iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash va narxlar barqarorligini ta’minlash vazifalari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash maqasadida Markaziy bankning asosiy stavkasi 16 foizdan 14 foizgacha pasaytirildi hamda pul-kredit sharoitlari biroz yumshatilib nisbatan qat’iy fazaga o‘tkazildi. 2021 yilning o‘tgan 9 oyida esa mazkur pul-kredit sharoitlari o‘zgarishsiz saqlab qolindi.

    Download 116,17 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 116,17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kaxorova Anora Nusratovna Abdukadirova

    Download 116,17 Kb.