• Markaziy bankning pul-kredit siyosati operatsion mexanizmi
  • Markaziy bank asosiy stavkasi




    Download 116,17 Kb.
    bet5/6
    Sana18.05.2024
    Hajmi116,17 Kb.
    #242953
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Kaxorova Anora Nusratovna (1)

    Markaziy bank asosiy stavkasi.






    Real hisobda asosiy Stavka (o’ng shkala)
    Manba:Markaziy bank.Pul-kredit siyosati sharhi,2021-yil 4-chorak. 38-bet.
    2021 yilni so’ngida yillik inflyatsiya darajasining pasayib borishi asosiy stavka real darajasining biroz yuqorilashiga va yil yakuniy faoliyati bo’yicha 3,7 foiz bandni tashkil etishiga xizmat qildi. Banklararo pul bozori foiz stavkasi esa chorak davomida kichik tebranishlar bilan 13 foiz atrofida shakllandi. Bunda, pul-kredit siyosati vositalariga avgust oyida ishlab chiqarilgan o'zgartishlar ushbu foiz stavkalarining Markaziy bank foiz koridoriga qaytishiga va muvozanatlashishiga xizmat qilgan bo’lsa, joriy yilda kiritilishi rejalashtirilayotgan o'zgartirishlar ushbu foiz stavkalarining asosiy stavkaga yanada yaqinlashishiga xizmat qilishi kutilmoqda. Yillik inflyatsiya darajasining pasayib borishi chorak davomida pul bozoridagi faoliyat bo’yicha o'rtacha tortilgan real foiz stavkalarining o'sishiga ham xizmat qildi. Xususan, dekabr oyida pul bozoridagi amaliyotlarning o'rtacha foiz stavkasi real hisobda 2.9 foizni tashkil etgan bo'lsa, "nisbatan qat'iy" pul-kredit sharoitlarini ta'minlash uchun yetarli darajada shakllandi. Markaziy bank tomonidan ham Moliya vazirligi tomonidan ham 2021 yilning 4 choragida muomalaga chiqarilishini rejalashtirgan obligatsiyalar bo’yicha ishlab chiqarish rejalarini tuzildi va grafik e’lon qilindi va bu tijorat banklari uchun likvidliklarni boshqarish amaliyotlarini oldindan rejalashtirish imkonini berdi.
    2-jadval

    Markaziy bankning pul-kredit siyosati operatsion mexanizmi


    Maqsadi

    Instrument

    Shartlari

    Foiz satvkasi



    Likvidlikni taqdim etish

    REPO
    auksioni

    14 kungacha

    Asosiy Stavka(quyi chegara)

    SVOP
    auksioni

    14 kungacha

    Asosiy Stavka(quyi chegara)

    Overnayt REPO

    1 kunlik (doimiy, cheklanmagan
    hajmda)

    Asosiy stavka+2%

    Overnayt SVOP

    1 kunlik(doimiy, cheklanmagan
    hajmda)

    Asosiy Stavka+2%

    Likvidlikni jalb etish

    Overnayt deopozit operatsiyalari

    1 kunlik(doimiy cheklanmagan hajmda)

    Asosiy stacvka-2%

    Depozit auksioni

    14 kungacha (seshanba va payshanba)

    Asosiy Stavka yuqori chegara)

    Markaziy
    bank obligatsiyalari

    12 oygacha(grafig asosida)

    Asosiy Stavka yuqori chegara)

    Manba: Markaziy Bank. Pul-kredit siyosatining 2022va 2023-2024 yillar davriga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari.52-bet, 3-havola
    Ta'kidlash joizki, bank tizimida likvidlikning etarliligi yoki ortiqchaligini baholashda Markaziy bank xalqaro amaliyotda keng qo'llaniladigan standartlardan foydalaniladi. Xususan, 2018 yildan boshlab majburiy zaxiralashda o’rtachalash koeffisientidan foydalanish yo'liga qo'yilgan, bugungi kunda ushbu ko’rsatkich 0,8 birlikni tashkil qiladi. Ya'ni, tijorat banklariga jalb etilgan depozitlari bo’yicha shakllantirilishi lozim bo’lgan majburiy zaxiralash hajmining 80%ini o’zlarining shaxsiy vakillik hisob varaqlarida saqlash imkoniyati ishlab chiqilgan.

    Download 116,17 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 116,17 Kb.