|
Kaxorova Anora Nusratovna Abdukadirova
|
bet | 3/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 116,17 Kb. | | #242953 |
Bog'liq Kaxorova Anora Nusratovna (1)Natijalar va tahlil. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning birinchi yarmida kichik bo‘lsada iqtisodiy o‘sish sur’atlari saqlanib qolindi. Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi 255,3 trillion so‘mni tashkil etib, o‘sish ko‘rsatkichi 0,2 %ni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 6 %ni
tashkil etgandi. Sohalarda yalpi qo‘shilgan qiymat o‘sishi 0,3 % ni tashkil etdi. OTBning
«Osiyo taraqqiyoti istiqbollari» (ADO) yillik iqtisodiy nashrining 2021 yilning aprel oyida e’lon qilingan nashrida O‘zbekistonda 2021 va 2022 yillarda iqtisodiy o‘sish darajasi mos ravishda 4 foiz va 5 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Unda qayd etilishicha, sanoatning ishlab chiqarish, tog‘-kon sanoati va foydali qazilmalar qazib olish sohalaridagi o‘sish hisobiga jadal qayta tiklanganligi munosabati bilan mamlakatda 2021 yil birinchi yarmida 6,2 foizlik iqtisodiy o‘sishga erishilgan. Savdo, transport va saqlash xizmatlari sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar tufayli iqtisodiyotda xizmatlar sohasi o‘sishi 8 foizgacha tezlashgan. OTB O‘zbekistonga pandemiyadan chiqish va barqaror iqtisodiy o‘sishni qo‘llab- quvvatlashda ko‘maklashishga sodiqligicha qoladi.
2022-yilning 1-yarmida iqtisodiyotimiz o’z potensialiga yetishi uchun, tartibga solinadigan narxlarning erkinlashtirilishi va tashqi inflyatsion xatarlarni inobatga olib, pul- kredit sharoitlari nisbatan qat’iy darajada saqlab qolinadi. Pul-kredit operatsiyalari ustuvor ravishda likvidlikni jalb etish maqsadlariga qaratiladi.
1-rasm.
Pul bozoridagi depozitlar bo’yicha foiz stavkalarining muddatlar bo’yicha tasniflanishi.
Manba:Markaziy bank, Pul-kredit siyosati sharhi,2021-yil 1-chorak.40b
Ta'kidlash joizki, pul bozorida amalga oshiriluvchi operatsiyalarning 60 foizdan ortigi 1 kunlik depozitlar bo'lib, ular bo’yicha faol foiz stavkalari to’liq Markaziy bankning foiz koridori doirasida shakllanmoqda. Joriy yilimizning 1-choragi davomida 30 kun va undan ortiq bo’lgan olisroq muddatli depozitlar bo’yicha foiz stavkalari Markaziy bank foiz koridoridan yuqoriroq darajada shakllandi. Ammo, ushbu operatsiyalarning jami miqdordagi ulushi past bo’lib, chorakimiz davomida o’rtacha 10 foizni hamda 4 foizni tashkil etgan.
jadval
|
| |