|
-bob. Bosh metodistning huquqlariBog'liq lavozim yoʻriqnomalari3-bob. Bosh metodistning huquqlari
6. Bosh metodist quyidagi huquqlarga ega:
hududiy boʻlimlar hamda maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi xoʻjalik yurituvchi
subyektlardan boʻlim ishi uchun kerak boʻlgan maʼlumot va hujjatlarni soʻrab olish;
maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi faoliyati bilan bogʻliq maʼlumot va hujjatlarni
bilan tanishish;
xizmat majburiyatlari doirasida, davlatlararo va shaharlararo aloqa, elektron pochta,
internet tarmogʻidan tekin foydalanish;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini oshirish
va qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish;
shoʻba vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha tashkil etiladigan yigʻilish, majlis va
seminarlarda ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Oʻzbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Nizomi hamda Boshqarmaning Nizomiga zid
boʻlmagan boshqa huquqlarga ega
Oʼzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida ”gi qonuni va taʼlim muassasalarini attestatsiya
va davlat akkreditatsiyalash boʼyicha meʼyoriy hujjatlarni
maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga oid va taʼlim muassasalariga qoʼyilayotgan
talablar asosidagi normativ-huquqiy hujjatlarni;
maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga qoʻyilgan davlat taʼlim standartlari mazmunini;
7. Bosh metodist qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
4-bob. Bosh metodistning
javobgarligi
8. Bosh metodist oʻz lavozim majburiyatlari hamda shoʻba nizomiga muvofiq boʻlimga
yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
9. Shoʻba faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob
beradi.
10. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan
xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
11. Shoʻba hujjatlari bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga
shaxsan javob beradi.
12. Bosh metodisti imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning qonunchilikka
muvofiqligi uchun javob beradi.
13. Bosh metodist mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy
javobgardir.
|
| |