|
-bob. Bosh metodistining lavozim majburiyatlariBog'liq lavozim yoʻriqnomalari2-bob. Bosh metodistining lavozim majburiyatlari
4. Bosh metodist quyidagilarni amalga oshiradi:
shoʻbaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini
taʼminlash, taʼlim sifatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va boʻlim
boshligʻiga taqdim etish;
boʻlimning yillik ish rejasini, taʼlim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyalashni
tashkil qilish reja-jadvali va dasturini tuzishda ishtirok etish hamda ijrosini taʼminlash;
taʼlim muassasalarining attestatsiya va davlat akkreditatsiyalash boʻyicha amaldagi
baholash mezoni asosida seminarlar oʻtkazish;
maktabgacha taʼlim muassasasi, umumiy oʻrta taʼlim maktabi va ixtisoslashgan
maktablarni, shuningdek, nodavlat taʼlim tashkilotlarini zamonaviy talablar asosida taʼlim
sifatini yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha amaldagi tartib va yoʻriqnoma talablari asosida
shaffof baholashni tashkil etish;
taʼlim muassasalarini tasdiqlangan yillik reja-jadvali boʻyicha attestatsiya va davlat
akkreditatsiyalashdan oʻtkazishni tashkil qilishda ishtirok etish;
taʼlim muassasalarining attestatsiya va davlat akkreditatsiyalash boʻyicha amaldagi
baholash mezoni asosida oʻquvchilar bilimining davlat taʼlim standartlariga mosligi boʻyicha
nazorat ishlarini shaffof oʻtkazish;
taʼlim muassasalarining attestatsiya va davlat akkreditatsiyalash boʻyicha komissiya
aʼzolari tomonidan toʻplangan hujjatlar va hisobotlarni yuqori tashkilotlarga oʻz vaqtida
yetkazish;
taʼlim muassasalarining attestatsiya va davlat akkreditatsiyalash rejasi boʻyicha yuzaga
kelgan muammolarni yuqori tashkilotlarga oʻz vaqtida bildirishnomalar kiritish;
taʼlim muassasalarining attestatsiya va davlat akkreditatsiyalash boʻyicha xorijiy
tajribalarni oʻrgangan holda yuqori tashkilotlarga takliflar kiritish;
attestatsiya va davlat akkreditatsiyalashdan oʻtmagan taʼlim muassasalarini amaldagi
nizom asosida ish olib borishni taʼminlash;
attestatsiya va davlat akkreditatsiyalashdan oʻtgan taʼlim muassasalarining sertifikatlarini
hujjatlashtirgan holda yetkazish;
faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz
vaqtida koʻrib chiqish;
jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza
qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilish.
|
| |