• 2-bob. Bosh mutaxassisning lavozim majburiyatlari
  • Taʼlim tashkilotlarini litsenziyalashni tashkil etish boʻyicha Bosh mutaxassisi lavozim




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet81/322
    Sana17.05.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #239820
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   322
    Bog'liq
    lavozim yoʻriqnomalari

    Taʼlim tashkilotlarini litsenziyalashni tashkil etish boʻyicha Bosh mutaxassisi lavozim 
    Yoʻriqnomasi 
    1-bob. Umumiy qoidalar 
    1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Taʼlim tashkilotlarini litsenziyalashni tashkil etish 
    boʻyicha bosh mutaxassisi
     
    (bundan buyon matnda – bosh mutaxassis)ning lavozim 
    majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi. 
    2.
     
    Tuzilma bosh mutaxassisi xizmat faoliyati davomida Vazirga boʻysunadi. 
    3. Bosh mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston 
    Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari 
    va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
    farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma 
    boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va 
    Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari) amal qilgan holda faoliyatini olib boradi. 
    2-bob. Bosh mutaxassisning lavozim majburiyatlari 
    4. Bosh mutaxassis quyidagilarni amalga oshiradi: 
    litsenziya daʼvogarlari tomonidan kelib tushgan arizalarni oʼz vaqtida va sifatli koʼrib 
    chiqish; 
    Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti rahbarlarining 
    buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va .sifatli bajarilishini taʼminlash; 
    yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash; 
    yuklangan barcha vazifalar bajarilishini taʼminlash, taʼlim sifatini takomillashtirish 
    boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash 
    departamentiga taqdim etish; 
    yillik ish reja, taʼlim tashkilotlarini monitoring qilish reja-jadvali va dasturini tuzish hamda 
    ijrosini taʼminlash; 
    nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun litsenziya talabgorlaridan kelib 
    tushgan arizalarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish; 
    taʼlim tashkilotlari faoliyatini “Xavfni tahlil etish” tizimi asosida baholab borish va xavfi 
    yuqori boʻlgan taʼlim tashkilotlarini belgilangan tartibda joyiga chiqib oʻrganish; 
    taʼlim tashkilotlari faoliyatini muntazam monitoring qilish hamda belgilangan tartibda 
    joyiga chiqib oʻrganish ishlarini tashkil etish; 
    kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish
    texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish. 
    5. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 

    Download 3,57 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   322




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Taʼlim tashkilotlarini litsenziyalashni tashkil etish boʻyicha Bosh mutaxassisi lavozim

    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish