-bob. Shoʻba boshligʻining lavozim majburiyatlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

2-bob. Shoʻba boshligʻining lavozim majburiyatlari 
4. Shoʻba boshligʻi quyidagilarni amalga oshiradi: 
Shoʻba boshligʻi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, 
jumladan, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 
qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va boshqa qonun 
hujjatlariga, Agentlikning qarorlari, buyruqlari va topshiriqlariga, shuningdek ushbu Nizomga 
amal qiladi. 
5. Shoʻba boshligʻi faoliyatini axborot, huquqiy, moddiy-texnik taʼminlash, shuningdek 
uning xodimlariga ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi. 
Hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatining tashkil etilishini muvofiqlashtirish; 
Davlat taʼlim standartlariga muvofiq iqtidorli oʻquvchilarni oʻqitish, shaxsning taʼlim 
olish konstitutsiyaviy huquqini roʻyobga chiqarishga doir meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqilishini 
taʼminlash, ixtisoslashtirilgan maktablarga yetkazish va ijrosini nazorat qilish; 
ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim taraqqiyotining dolzarb masalalariga 
bagʻishlangan seminarlar, kengashlar, anjumanlar va boshqa tadbirlar tashkil etish; 
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Agentlik rahbariyati topshirigʻiga koʻra 
meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda uni takomillashtirish; 
tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktablar bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta 
taʼlimni rivojlantirishning yaqin, oʻrta va uzoq istiqbol rejalarini ishlab chiqish; 
iqtidorli oʻquvchilarning qobiliyati va isteʼdodini rivojlantirish uchun tizimda 
ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish va ularning tarmogʻini maqbullashtirish choralarini 
koʻrish, taʼlim-tarbiya jarayoni uchun zarur oʻquv rejalar va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish; 


ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquvchilari uchun bosqichli nazorat imtihonlari va 
yakuniy attestatsiyasi boʻyicha meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqish, taʼlim jarayoniga oʻqitishning 
ilgʻor shakllarini, innovatsion pedagogik texnologiyalarini joriy etilishini nazorat qilish, ilgʻor 
tajribali va ijodkor oʻqituvchilar faoliyatini ommalashtirish; 
ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilariga beriladigan attestat, shahodatnoma va 
tegishli sertifikatlarning muvofiqlashtirish; 
Manfaatdor tashkilot va idoralar bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta 
taʼlimga oid meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda uni takomillashtirishda ishtirok etish; 
rahbarning topshirigʻiga binoan hududdagi ixtisoslashtirilgan taʼlimni rivojlantirish 
yuzasidan hamkorlikdagi dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda va ularni amalga oshirishda 
qatnashish; 
taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda oʻquvchilarning isteʼdodi va qobiliyatlarini 
aniqlash maqsadida ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilarining respublika va xalqaro fan 
olimpiadalarida ishtirokini taʼminlash; 
Ixtisoslashtirilgan maktablarda mehnat qilayotgan xodimlar va fuqarolarning taʼlim 
jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq takliflari, ariza va shikoyatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish, 
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha rahbariyatga, shuningdek, tegishliligi boʻyicha 
davlat hokimiyati hamda manfaatdor tashkilotlar va davlat idoralariga takliflar berish, zarur 
hollarda boshqarma yigʻilishi muhokamasiga kiritish. 
ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatining tashkil etilishini muvofiqlashtiradi; 
Davlat taʼlim standartlariga muvofiq iqtidorli oʻquvchilarni oʻqitish, shaxsning taʼlim 
olish konstitutsiyaviy huquqini roʻyobga chiqarishga doir meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqilishini 
taʼminlaydi, ixtisoslashtirilgan maktablarga yetkazadi va ijrosini nazorat qiladi; 
ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim taraqqiyotining dolzarb masalalariga 
bagʻishlangan seminar-kengashlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi va boshqa 
tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ushbu yoʻnalishda tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok 
etadi; 
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda rahbariyat topshirigʻiga koʻra meʼyoriy-
huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda uni takomillashtiradi; 
tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktablar bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta 
taʼlimni rivojlantirishning yaqin, oʻrta va uzoq istiqbol rejalarini ishlab chiqadi; 
oʻquvchilarning qobiliyatini, isteʼdodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan 
maktablarni tashkil etish va ularning tarmogʻini maqbullashtirish choralarini koʻradi, taʼlim-
tarbiya jarayoni uchun zarur oʻquv rejalar va oʻquv dasturlarini ishlab chiqadi; 
ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilarining bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy 
attestatsiyasi boʻyicha meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqadi, taʼlim jarayoniga oʻqitishning ilgʻor 
shakllarini, innovatsion pedagogik texnologiyalarini joriy etilishini nazorat qiladi, ilgʻor tajribali 
va ijodkor oʻqituvchilar faoliyatini ommalashtirilishini tashkil etadi; 
ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilariga beriladigan attestat, shahodatnoma va 
tegishli sertifikatlar yuzasidan hisobotlarni yuritadi; 
ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻquvchilar qabul kvotasini tasdiqlaydi va tasdiqlangan 
qabul kvotasi boʻyicha oʻquvchilar qabuli yuzasidan hisobotlarni tayyorlaydi; 
ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilishni 
belgilaydi.
Rahbariyatning topshirigʻiga binoan Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan xalqaro, 
davlat va nodavlat taʼlim muassasalari bilan respublikada ixtisoslashtirilgan taʼlimni 
rivojlantirish yuzasidan hamkorlikdagi dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda va ularni amalga 
oshirishda qatnashadi. 


8. Shoʻba boshligʻi oʻz vakolatlari doirasida boshqa tashkilot va idoralarning faoliyat 
toʻgʻrisidagi materiallarni tayyorlashga koʻmaklashish haqidagi buyurtma va soʻrovlarini koʻrib 
chiqadi. 
9. Shoʻba 
boshligʻiga uning xizmat majburiyatiga kirmaydigan qoʻshimcha 
majburiyatlarni yuklashga boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalar 
yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Shoʻba boshligʻining lavozim majburiyatlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish