|
Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalariBog'liq lavozim yoʻriqnomalari
3-bob. Metodistning huquqlari
6. Metodist zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga
ega:
shoʻbaning vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni Boshqarma
(Vazirlik) tarkibiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan belgilangan tartibda soʻrab
oladi va ular bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
shoʻba oldiga qoʻyilgan vazifalarni oʻz vaqtida, sifatli amalga oshirilishini taʼminlash
maqsadida turli komissiyalar va ishchi guruhlar tarkibiga Boshqarma (Vazirlik) tizimidagi
tashkilot va muassasalarning malakali xodimlarini jalb qilish yuzasidan shoʻba boshligʻiga
takliflar kiritadi;
vakolati doirasida idoraviy mansub tashkilotlar va tizimdagi taʼlim tashkilotlarining
faoliyatini belgilangan tartibda oʻrganadi va amaliy-metodik yordamlar koʻrsatadi;
zarur hollarda malaka oshirish kurslarida tahsil oladi, chet tillarini oʻrganadi.
7. Metodist qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
4-bob. Metodistning javobgarligi
8. Metodist quyidagilar uchun javobgar:
zimmasiga yuklangan lavozim vazifalarining toʻlaqonli bajarilishi;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishi va oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi;
yurituvidagi hujjatlarni belgilangan tartibda saqlanishi;
jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza
qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari talablariga
rioya etish;
9. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar
va maxfiy axborotlar bilan ishlashda belgilangan talablarga rioya qilish, foydalanilishi
cheklangan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik, Boshqarma(Vazirlik)ning obroʻsi va shaʼniga putur
yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari
|