-bob. Shoʻba boshligʻining huquqlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

3-bob. Shoʻba boshligʻining huquqlari 
6. Shoʻba boshligʻi zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi 
huquqlarga ega: 
Shoʻba 
 
faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, 
boʻysunuvidagi xodimlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi 
va funksional vazifalar, aniq topshiriqlarning bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarlik 
doirasini belgilaydi; 
Shoʻba zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan 
tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa maʼlumotlarni Boshqarmaning tarkibiy va hududiy 
boʻlinmalari, idoraviy mansub tashkilotlaridan, shuningdek, boshqarma rahbariyati bilan 
kelishilgan holda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda soʻrab 
oladi va ular bilan oʻzaro hamkorlik qiladi; 
Shoʻba zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun boshqarma rahbariyati bilan 
kelishgan holda boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari 
xodimlarini jalb etish, shuningdek, boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va malakali 


ekspertlarini, shu jumladan, fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etilishi boʻyicha 
Boshqarma boshligʻiga taklif kiritadi; 
Boshqarma rahbariyatining topshirigʻiga koʻra boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi 
organlarida, respublika va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan tadbirlarda Shoʻba vakolatiga 
taalluqli masalalar boʻyicha boshqarma nomidan vakillik qiladi; 
Boshqarmaning Hayʼat, apparat Boshqarma boshligʻiga va Boshqarma boshligʻiga 
oʻrinbosarlari huzuridagi boshqa tezkor yigʻilishlarda ishtirok etadi; 
vakolatlari doirasida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi faoliyati bilan bogʻliq 
material
va hujjatlar bilan tanishish uchun ushbu maʼlumotlarni tarkibiy boʻlinmalardan soʻrab oladi; 
Mehnat qonunchiligi asosida Shoʻba xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan 
ozod etish, shuningdek, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish yuzasidan 
Boshqarma boshligʻining oʻrinbosariga takliflar kiritadi; 
Shoʻba xodimlarining mehnat intizomini buzganlik, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni 
bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik holatlari yuzasidan boshqarma rahbariyati 
nomiga tushuntirishlar oladi, ularni intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha Boshqarma 
boshligʻiga va yoki Boshqarma boshligʻining oʻrinbosariga oʻrnatilgan tartibda takliflar kiritadi; 
ish hajmi koʻpaygan holatlarda boshqarma rahbariyati bilan kelishgan holda boshqarma 
tasarrufidagi tashkilot va muassasalar xodimlarini ularning roziligi bilan jamoatchilik asosida 
vaqtincha ishlash uchun jalb etadi; 
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa, 
elektron pochta, internet tarmogʻidan bepul foydalanadi; 
vakolati doirasida hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini 
belgilangan tartibda oʻrganadi va amaliy-metodik yordamlar koʻrsatadi; 
zarur hollarda boshqarma mablagʻlari hisobidan malaka oshirish kurslarida tahsil oladi, 
chet tillarini oʻrganadi. 
Shoʻba boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshiradi. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish