Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida zamonaviy axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirish, internet va lokal tarmogʻi, WiFi qurilmalari,
kompyuter texnikalarini doimiy ishlashini nazorat qilish, soha boʻyicha amalga oshirilayotgan
ishlarni monitoring qilish;
Hududlarga berilayotgan kompyuter sinflari va qoʻshimcha jihozlarini roʻyxatda
koʻrsatilgan umumtaʼlim maktablariga oʻzgarishsiz yetib borishini va “Informatika va axborot
texnologiyalari” fani xonasiga oʻrnatilishini taʼminlash;
AKT ni joriy etish va taʼlimni raqamlashtirish shoʻbasi xodimlari tomonidan umumtaʼlim
maktablariga etkazib berilayotgan kompyuterlarga dasturlashga oid zamonaviy dasturiy tizimlar,
boshqarma tomonidan yaratilgan platforma (resurs)lar va boshqa taʼlim resurslarini
oʻrnatilishini, internetdan samarali foydalanish uchun ichki lokal tarmoqqa ulanishi hamda dars
jarayonida keng foydalanishlari uchun sharoit yaratib berilayotganini nazorat qilish;
boshqarmaning axborot xavfsizligi siyosatini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, IT
faoliyatni rivojlantirish boʻyicha konsepsiya, strategiya, dastur va rejalar hamda sohaga oid
boshqa meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlanishini nazorat qiladi;
maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tizimini raqamlashtirish, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy qilish va axborot xavfsizligini
taʼminlashga qaratilgan ishlarini amalga oshiradi hamda nazorat qiladi;
boshqarmaning raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot
xavfsizligini taʼminlash boʻyicha joriy va istiqboldagi rejalarini ishlab chiqadi;
boshqarma nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki
mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish, shuningdek rahbarlik qiladigan tarkibiy boʻlinma xodimlarining
ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish;
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati
va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;
maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin
boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy
axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya
qilinishini taʼminlash;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
5. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.