ilgʻor shakllarini, innovatsion pedagogik texnologiyalarini joriy etilishini nazorat qilish, ilgʻor
tajribali va ijodkor oʻqituvchilar faoliyatini ommalashtirish;
ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilariga beriladigan attestat,
shahodatnoma va
tegishli sertifikatlarning muvofiqlashtirish;
Manfaatdor tashkilot va idoralar bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta
taʼlimga oid meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda uni takomillashtirishda ishtirok etish;
rahbarning topshirigʻiga binoan hududdagi ixtisoslashtirilgan taʼlimni rivojlantirish
yuzasidan hamkorlikdagi dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda va ularni amalga oshirishda
qatnashish;
taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda oʻquvchilarning isteʼdodi va qobiliyatlarini
aniqlash maqsadida ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilarining respublika va xalqaro fan
olimpiadalarida ishtirokini taʼminlash;
Ixtisoslashtirilgan maktablarda mehnat qilayotgan xodimlar va fuqarolarning taʼlim
jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq takliflari, ariza va shikoyatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish,
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha rahbariyatga, shuningdek, tegishliligi boʻyicha
davlat hokimiyati hamda manfaatdor tashkilotlar va davlat
idoralariga takliflar berish, zarur
hollarda boshqarma yigʻilishi muhokamasiga kiritish.
ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatining tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;
Davlat taʼlim standartlariga muvofiq iqtidorli oʻquvchilarni oʻqitish, shaxsning taʼlim
olish konstitutsiyaviy huquqini roʻyobga chiqarishga doir meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqilishini
taʼminlaydi, ixtisoslashtirilgan maktablarga yetkazadi va ijrosini nazorat qiladi;
ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim taraqqiyotining dolzarb masalalariga
bagʻishlangan seminar-kengashlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarni
tashkil etadi va boshqa
tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ushbu yoʻnalishda tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok
etadi;
ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilarining bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy
attestatsiyasi boʻyicha meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqadi, taʼlim jarayoniga oʻqitishning ilgʻor
shakllarini, innovatsion pedagogik texnologiyalarini joriy etilishini nazorat qiladi, ilgʻor tajribali
va ijodkor oʻqituvchilar faoliyatini ommalashtirilishini tashkil etadi;
ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilariga beriladigan attestat, shahodatnoma va
tegishli sertifikatlar yuzasidan
hisobotlarni yuritadi;
ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻquvchilar qabul kvotasini tasdiqlaydi va tasdiqlangan
qabul kvotasi boʻyicha oʻquvchilar qabuli yuzasidan hisobotlarni tayyorlaydi;
ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilishni
belgilaydi.
6. Metodist oʻz vakolatlari doirasida boshqa tashkilot va idoralarning faoliyat
toʻgʻrisidagi materiallarni tayyorlashga koʻmaklashish haqidagi buyurtma va soʻrovlarini koʻrib
chiqadi.
7. Metodistga uning xizmat majburiyatiga kirmaydigan qoʻshimcha
majburiyatlarni
yuklashga boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yoʻl
qoʻyilmaydi.