maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi tashkilot va muassasalarning elektron muhitini
shakllantirish;
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalariga oid ilgʻor tajribalarni oʻrganishni
ommalashtirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish boʻyicha
videokonferensiyalar hamda videoseminarlar oʻtkazish;
umumiy oʻrta taʼlim maktablarida zamonaviy axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirish, mavjud-axborot texnologiyalari jihozlaridan
foydalanish, saqlash texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
umumiy oʻrta taʼlim maktablarini yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulanishi va
“Education” tariflarida faol ishlashi boʻyicha nazorat olib borish, ichki lokal tarmoq va Wi-Fi
uskunalarini ishchi holatda boʻlishi (oʻqituvchilar xonasi, kompyuter sinf xonalari) boʻyicha
nazorat olib borish;
maktablardagi Informatika sinf xonalaridagi barcha kompyuterlarga dasturlash va
raqamlashtirishga oid zamonaviy dasturlar, Python, Scratch, Java, JavaScript, C#, C++, Adobe
Photoshop, CorelDRAW, 3D Max va boshqa dasturlarni oʻrnatishni tashkil etish;
Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlar va
resurslar, xalqaro roʻyxatdan oʻtgan oʻquv platformalari, jumladan, maktab.uz, kitob.uz,
smartland.maktab.uz, EduKids, educare.uzedu.uz, eduportal.uz va boshqa axborot tizimlaridan
foydalanishni tashkil etish;
boshqarma nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki
mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish;
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati
va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;
maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin
boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy
axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya
qilinishini taʼminlash;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
5. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.