Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi boshligʻining lavozim
yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish
shoʻbasi boshligʻi
(bundan buyon matnda – shoʻba boshligʼi)ning lavozim majburiyatlari,
huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Shoʻba boshligʻi Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi (bundan
buyon
matnda
—
boshliq)
buyrugʻiga
koʻra
lavozimga
tayinlanadi
va lavozimdan ozod etiladi.
Shoʻba boshligʻi bevosita boshliqqa va oʻz yoʻnalishi boʻyicha boshliq oʻrinbosariga
boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida
amalga oshiradi.
3. Shoʻba boshligʻi lavozimiga davlat tilini biladigan, davlat fuqarolik xizmati
lavozimlarini egallash uchun tegishli malaka talablariga va boshqa talablarga javob beradigan,
kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan, sohaga oid normativ huquqiy hujjatlarni tushunadigan,
hujjatlar bilan ishlash layoqatiga ega hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana
oladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi tayinlanadi.
4. Shoʻba boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya
toʻgʻrisida”gi, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunlar,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga, boshqarma
boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari deb yuritiladi) hamda mazkur yoʻriqnomaga amal
qilgan holda faoliyatini olib boradi.