maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlimga
qamrovini oshirish, ayniqsa
6 yoshli bolalarni toʻliq qamrab olish orqali boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash choralarini
koʻrilishini taʼminlaydi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish va tashkilotdan chiqarilishini
hisobini olib borilishini nazorat qiladi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida turli tanlovlar, koʻrgazmalar, musobaqalar oʻtkazish
boʻyicha Nizom va zarur hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy-estetik
va jismoniy rivojlantirish, ularning
maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish hamda maktabgacha taʼlim sohasiga oid
normativ-hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borilishini nazorat qiladi;
taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan taʼlim-tarbiya jarayonini oʻrganadi, oʻrganish
natijalariga koʻra taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha metodik
koʻrsatmalar beradi va tavsiyalar tayyorlaydi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavqeyini koʻtarishda jamoatchilik tashkilotlari bilan
hamkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyilishini nazorat qiladi;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha ommaviy axborot vositalarida tuman( shahar) maktabgacha
va maktab taʼlimi boʻlimlari va tashkilotlari faoliyati va maqsadlarini, tizimda amalga
oshirilayotgan islohotlarni targʻib qilib boradi;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari
va maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini reytingini aniqlash jarayonida ishtirok etadi,
ularni tahlil qiladi hamda tegishli xulosalar tayyorlaydi va ularga metodik yordam koʻrsatadi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar uchun shart-sharoitlar yaratilishi hamda
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha tegishli boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga
takliflar kiritadi;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining
taʼlim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga oid ilgʻor tajribalarni oʻrganish, aniqlash hamda
ommalashtirish ishlarini nazorat qiladi;
bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha moslashuvchan, muqobil modellarni
rivojlantirish boʻyicha axborot-tahlil ishlarini oʻtkazadi hamda takliflar
tayyorlashda ishtirok
etadi;
shoʻba vakolatiga kiradigan masalalarga bagʻishlangan uchrashuvlar, anjumanlar
va seminarlarda ishtirok etadi;
oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan
odob-axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik
xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boshqa qoidalarga rioya etadi;
boshqarmaning obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qilish;
boshqarma tizimidagi rahbar va xodimlarni ragʻbatlantirish,
intizomiy javobgarlikka
tortish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
faoliyati doirasidagi masalalar boʻyicha fuqarolarni qabul qiladi, murojaatlarni oʻrganadi,
mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar koʻradi;
oʻz vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi.
6. Shoʻba boshligʻi quyidagilarni bajarishi shart:
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari,
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi;
Boshqarma boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni oʻz vaqtida
va sifatli bajarishni taʼminlashi;
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻi va oʻrinbosari oldida hisobot berishi.