-bob. Metodistning lavozim majburiyatlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

2-bob. Metodistning lavozim majburiyatlari 
4. Metodist quyidagilarni amalga oshiradi: 
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, 
farmoyishlari va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul 
qilingan, Mahalliy davlat hokimiyat organlarining qarorlari, buyruqlari ijrosini toʻliq bajarilishini 
taʼminlash; 
vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga, vazirlikning hujjatlari hamda 
koʻrsatmalariga, boshqarmaning hayʼati qarorlari, boshliq buyruqlari va topshiriqlari bilan 
Shoʻbaga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash; 
tizimdagi maktabgacha va maktab taʼlimi rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz kasbiy 
rivojlantirish yuzasidan boshqarma rejasiga koʻra apparat yigʻilish, hayʼat majlisi va ishlab 
chiqarish yigʻilishlariga maʼlumotlar tayyorlashda Shoʻba boshligʻiga koʻmaklashish; 
tizimdagi maktabgacha va maktab taʼlimi rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz kasbiy 
rivojlantirish boʻyicha statistik koʻrsatkichlarni tahlil qilish, mavjud muammolar boʻyicha 
Shoʻba boshligʻiga axborot berish; 
tizimdagi maktabgacha va maktab taʼlimi rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz kasbiy 
rivojlantirishni tashkil etishga doir meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni joylarga yetkazish va nazoratini 
olib borish; 
boshqarmaning boshqa Shoʻbalari bilan faoliyat uzviyligini taʼminlash, Shoʻba
faoliyatiga doir maʼlumotlar hamda hududlardan tizimdagi rahbar va pedagog kadrlarining 
uzluksiz kasbiy rivojlantirish oid axborotlarni yigʻish, tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash
tizimdagi maktabgacha va maktab taʼlimi rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz kasbiy 
rivojlantirishni taʼminlash maqsadida prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil 
qilishda ishtirok etish; 
tizimdagi rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirilishi hisobini olib 
borilishini nazorat qilish; 
oʻz yoʻnalishi boʻyicha ommaviy axborot vositalarida tizimda amalga oshirilayotgan 
islohotlarni targʻib qilib borish; 


oʻz yoʻnalishi boʻyicha tuman (shahar) Shoʻbalarining faoliyatini oʻrganishda ishtirok 
etish, ularning rahbarlaridan oʻz xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjat va materiallarni 
yigʻish va ularni umumlashtirish; 
oʻz yoʻnalishi boʻyicha hujjatlar ijrosini va topshiriqlarning bajarilishini taʼminlash, ijro 
intizomini mustahkamlash boʻyicha qatʼiy nazoratni yoʻlga qoʻyishi; 
Shoʻba boshligʻi xizmat safarida boʻlganda va boshqa sabablarga koʻra ishda boʻlmagan 
hollarda uning vazifasini bajarish; 
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va 
ishchanlik obroʻsini hurmat qilish; 
maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin 
boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy 
axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya 
qilinishini taʼminlash; 
foydalanish 
uchun 
oʻziga 
topshirilgan 
mebel, 
xona 
jihozlari, 
tashkiliy
va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan 
xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; 
5. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Metodistning lavozim majburiyatlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish