Shoʻba zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun boshqarma rahbarlari bilan
kelishgan holda boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tasarrufdagi tashkilotlar tuman (shahar) Shoʻba
laridan xodimlarini jalb etish, shuningdek boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va malakali
ekspertlarini, shu jumladan, fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etilishi boʻyicha
boshqarma boshligʻiga taklif kiritish;
Shoʻba vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqarma tarkibiy boʻlinmalari,
tasarrufdagi tashkilotlar tuman (shahar) Shoʻba lari faoliyatini oʻrganish, tahlil qiladi va
kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taklif tayyorlash;
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa,
elektron pochta, internet tarmogʻidan tekin foydalanish;
mehnat qonunchiligi asosida Shoʻba xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod
etish, shuningdek, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish yuzasidan boshqarma
boshligʻiga takliflar kiritish;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini oshirish
va qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish;
7. Shoʻba boshligʻi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi
mumkin.