Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

3-bob. Metodistning huquqlari 
6. Metodist quyidagi huquqlarga ega: 
oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga, 
bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish; 
kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun ragʻbatlantirilish; 
davlat organining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar 
hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirib borish; 
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat 
shartnomasiga oʻzgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish; 
oʻz mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim 
yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish; 
mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish; 
ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun 
qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram 
kunlari, shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish; 
qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat 
pensiya taʼminotini olish; 
davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga 
xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish; 
davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish; 
davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida xabar 
bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish; 
xizmatga oid masalalar yuzasidan davlat organining rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish, 
oʻzi davlat fuqarolik xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish 
boʻyicha takliflar kiritish; 
oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat organining rahbariyati hamda 
boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi; 
davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, 
shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat fuqarolik xizmati 
lavozimining va ish haqining saqlanib qolishi; 


qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini oʻtash vaqtida yetkazilgan 
moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi; 
oʻzining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda taqiqlanmagan 
barcha usullar bilan himoya qilish; 
davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat 
qilish; 
oʻzining shaxsiy hujjatlari toʻplami bilan tanishish. 
Shoʻba faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshirish, 
boʻysunuvidagi xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va 
funksional vazifalar, aniq topshiriqlarning bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarlik 
doirasini belgilash; 
Shoʻba zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan 
maʼlumotlar, xulosalar va boshqa hujjatlarni boshqarma xodimlari va tuman (shahar) Shoʻbalari, 
tasarrufdagi tashkilotlar shuningdek boshqarma rahbariyati bilan kelishilgan holda boshqa davlat 
va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish va ular bilan oʻzaro 
hamkorlik qilish; 
Shoʻba zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun boshqarma rahbarlari bilan 
kelishgan holda boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tasarrufdagi tashkilotlar tuman (shahar) 
maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari xodimlarini jalb etish, shuningdek boshqa 
tashkilotlarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini, shu jumladan, fuqarolik-huquqiy 
shartnoma asosida jalb etilishi boʻyicha boshqarma boshligʻiga taklif kiritish; 
Shoʻba vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, 
tasarrufdagi tashkilotlar tuman (shahar) Shoʻbalari faoliyatini oʻrganish, tahlil qiladi va 
kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taklif tayyorlash; 
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa, 
elektron pochta, internet tarmogʻidan tekin foydalanish; 
mehnat qonunchiligi asosida Shoʻba xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod 
etish, shuningdek, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish yuzasidan boshqarma 
boshligʻiga takliflar kiritish; 
oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini oshirish 
va qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish. 
7. Metodist qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish