• 5-bob. Shoʻba boshligʻining javobgarligi
  • -bob. Shoʻba boshligʻining huquqlari




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet115/322
    Sana17.05.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #239820
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   322
    Bog'liq
    lavozim yoʻriqnomalari

    4-bob. Shoʻba boshligʻining huquqlari 
    9. Shoʻba boshligʻi
     
    quyidagi huquqlarga ega: 
    oʻz vakolatlari doirasida Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi faoliyat bilan bogʻliq 
    material va hujjatlar bilan tanishish; 
    xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, shaharlararo aloqa, elektron pochta, 
    Internet tarmogʻidan tekin foydalanish; 


    Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish sohasida huquqiy va meʼyoriy 
    hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan maʼlumot, hujjat va materiallarni 
    belgilangan tartibda olish; 
    malaka oshirish kurslarida oʻqish; 
    chet tillarini oʻrganish; 
    shoʻba vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha tashkil etiladigan yigʻilish, majlis va 
    seminarlarda ishtirok etish. 
    Shoʻba boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Oʻzbekiston 
    Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Nizomlariga zid boʻlmagan boshqa 
    huquqlarga ega. 
    5-bob. Shoʻba boshligʻining javobgarligi 
    10. Shoʻba boshligʻi quyidagilar uchun javobgarlikka tortiladi: 
    Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik va meʼyoriy hujjatlari talablarini buzish, 
    vazirlikning buyruq va farmoyishlarini bajarmaslik; 
    oʻz lavozim majburiyatlarini bajarmaslik; 
    vazirlikka, hududiy boshqarma rahbariyatiga oʻz vaqtida hisobot, maʼlumot, hujjatlar va 
    materiallarni taqdim etmaslik; 
    mehnat shartnomasi, mehnat intizomi va ichki mehnat tartibi shartlarini bajarmaslik; 
    oʻz lavozim majburiyatlariga sovuqqonlik bilan yondashish, xizmat va lavozim 
    vakolatlarini shaxsiy maqsadlarda suiisteʼmol qilish; 
    tarkibida davlat yoki tijorat maxfiyligiga ega maʼlumot, hujjat va materiallarni hamda 
    vazirlikning obroʻsi va nomiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan axborotlarni tarqatish; 
    texnika xavfsizligi, mehnat muhofazasi, yongʻin xavfsizligi va sanitariya qoidalariga amal 
    qilmaslik; 
    ish vaqtidan unumli foydalanmaslik; 
    moddiy boyliklarni bus-butun saqlamaslik. 
    11. Shoʻba boshligʻi mazkur lavozim majburiyatlari va boshqa qonun hujjatlariga asosan 
    zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun 
    Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy 
    javobgardir. 

    Download 3,57 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   322




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish