• 3-bob. Metodistga lavozim majburiyatlari
  • -bob. Metodistga qoʻyiladigan malaka talablari




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet117/322
    Sana17.05.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #239820
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   322
    Bog'liq
    lavozim yoʻriqnomalari

    2-bob. Metodistga qoʻyiladigan malaka talablari 
    5. Metodist quyidagi malaka talablariga ega boʻlishi kerak: 
    harakatchanlikka intilish – butun kuch-gʻayrati bilan ishlash, qisqa vaqt mobaynida reja 
    tuzish va rejaga asosan harakat qilishga tayyor boʻlish; 
    noaniqlik sharoitlarida harakat qilish qobiliyatiga ega boʻlish – oʻzgarishlarga yaxshi 
    moslashish, axborot yetishmasligi sharoitlarida qarorlar qabul qilishga va harakat qilishga 
    koʻnikmalarga ega boʻlish; 
    intellektual salohiyat – yaxshi intellektual qobiliyat, kuzatuvchanlik malakasi, oʻtkir 
    zehnga ega boʻlish; 
    tashkilotchilik qobiliyatlari – koʻrsatilgan muddatlarda qoʻyilgan vazifani bajarish uchun 
    barcha zarur resurslar (xodimlar, vositalar v.h.)ni yigʻib olish koʻnikmalari; 
    muammolarni yechish – yechim variantlarini kompleks oʻrganish orqali murakkab 
    masalalarni yecha olish va sezilarli natijalarga erishishga intilish qobiliyati; 
    yaxshi rivojlangan strategik fikrlash; 
    vijdonan har bir topshiriqni ijrosini taʼminlaydigan. 
    3-bob. Metodistga lavozim majburiyatlari 
    6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda Maktabgacha va maktab 
    taʼlimi vazirligining meʼyoriy-huquqiy hujjatlarida, shuningdek hududiy boshqarmaning 
    shoʻbaga yuklatilgan vazifalarni, boshqarma rahbariyati va boshligʻining boshqa topshiriqlarini 
    oʻz vaqtida va sifatli ijro etadi. 
    7. Shoʻbaning faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha rahbariyatga 
    takliflar kiritadi. 
    8. Metodist quyidagilarni amalga oshiradi: 
    shoʻba faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda yuklatilgan vazifalar ijrosining 
    taʼminlanishini nazorat qiladi; 
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror, farmoyishlari, Oliy Majlis palatalari 
    qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari hamda yoʻnalishga oid normativ-huquqiy 
    hujjatlar ishlab chiqilishida takliflar bilan bevosita ishtirok etadi; 
    hududiy boshqarmaning yoʻnalishga tegishli masalalarga oid buyruqlari, hayʼat majlisi 
    qarorlarini boshqarma tasarrufidagi muassasalari tomonidan bajarilishini muvofiqlashtiradi; 
    umumiy oʻrta taʼlim maktablarida inklyuziv taʼlimni tashkil etish ishlarini 
    muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; 
    alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-
    internatlar (keyingi oʻrinlarda-ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari) oʻquvchilarini kasb-
    hunarga yoʻnaltirish va ularni inklyuziv taʼlimga yoʻnaltirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirib 
    boradi. 
    ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda AKT ni joriy etilishini muvofiqlashtiradi; 


    hududdagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari hamda uyda yakka tartibda taʼlim 
    olayotgan oʻquvchilarni oʻqitish, shaxsning taʼlim olish konstitutsiyaviy huquqini roʻyobga 
    chiqarishga doir meʼyoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshiradi; 
    ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarini pedagogik xodimlar bilan taʼminlanishi, ularning 
    malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarida hududiy malaka oshirish institutlari bilan 
    hamkorlikda ishni tashkil qiladi; 
    ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻqitishning nazariy-uslubiy taʼminoti ishlarini 
    tashkillashtiradi; 
    ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari hamda uyda yakka tartibda taʼlim olayotgan 
    oʻquvchilar va pedagog xodimlarining soni va tarkibi boʻyicha statistik hisobotlar yigʻilishini, 
    umumlashtirilishi, tahlilini nazorat qiladi;
    shoʻba vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hududiy Maktabgacha va maktab taʼlimi 
    boshqarmasi tasarrufidagi muassasalar xodimlari uchun oʻquv seminarlarini tashkil etilishini 
    muvofiqlashtiradi; 
    yoʻnalish boʻyicha ilgʻor tajribalarni ommalashtirilishini tashkillashtiradi; 
    sanatoriy turidagi maktab-internatlar hamda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari 
    faoliyatini nazorat qilib boradi; 
    shoʻba ish rejasida belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli ijro etilishini 
    taʼminlaydi;
    jismoniy va yuridik shaxslarning yoʻnalish bilan bogʻliq murojaatlarining oʻz vaqtida 
    koʻrib chiqilishi taʼminlaydi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha shoʻba 
    boshligʻiga taklif kiritadi; 
    shoʻbaga tegishliligi boʻyicha kelgan murojaatlarni koʻrib chiqadi, jismoniy va yuridik 
    shaxslarni qabul qiladi; 
    shoʻbada ijro intizomiga rioya qiladi. 

    Download 3,57 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   322




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Metodistga qoʻyiladigan malaka talablari

    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish