tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tasarrufidagi Maktabgacha
taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilarini sogʻlom ovqatlantirish boʻyicha yuritiladigan
hujjatlarni toʻgʻri yuritilishini nazorat qilish va metodik yordam koʻrsatish;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari kesimida sogʻlom va xavfsiz
ovqatlantirishni tashkil etish monitoringini amalga oshirish;
ovqatlantirish bilan bogʻliq kasalliklarni oldini olish maqsadida oʻrnatilgan tartib asosida
tibbiy xizmatni nazorat qilish;
taʼlim muassasalarida oshpaz va hamshiralari uchun maktabgacha taʼlim tashkilotida
bolalarni sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishga doir amaliy va oʻquv seminarlar tashkil etish va
ularni malaka oshirishlarini taʼminlash;
taʼlim muassasalari psixologi uchun ularning faoliyatini samarali tashkil etish uchun
amaliy va oʻquv seminarlar tashkil etish va ularni malaka oshirishlarini taʼminlash;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan maktabgacha taʼlim
tashkilotlarini sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena normalariga muvofiq sifatli oziq-ovqat
mahsulotlari bilan taʼminlanishini nazorat qilish;
bolalar isteʼmoli uchun sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlar
berilishini nazorat qilish;
taʼlim muassasalarida kuz-qish mavsumi uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini
yaratish uchun mavjud ehtiyojni aniqlash;
taʼlim muassasalarida omborxonalarida oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli saqlash,
mavsumiy zaxiralardan toʻlaqonli foydalanishini nazorat qilish;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha yaratilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini
tayyorlashda faol ishtirok etish, taʼlim tizimini tashkil etishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni
joylarga yetkazish va nazoratini olib borish, boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari bilan faoliyat
uzviyligini taʼminlash;
boshqarma nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki
mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish, shuningdek rahbarlik qiladigan tarkibiy shoʻba xodimlarining
ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish;
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va
ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;
maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin
boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy
axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya
qilinishini taʼminlash;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
5. qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.