-bob. Bosh mutaxassisning lavozim majburiyatlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

2-bob. Bosh mutaxassisning lavozim majburiyatlari 
4. Bosh mutaxassis quyidagilarni amalga oshiradi: 
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, 
farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul 
qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari, agentlik buyruqlari va topshiriq xatlari hamda 
boshqa hujjatlar ijrosini taʼminlash maqsadida Boshqarma boshligʻi tomonidan oʻziga 
yuklatilgan topshiriqlar ijrosini toʻliq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish; 
boshqarmaning boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan faoliyat uzviyligini taʼminlash, faoliyat 
yoʻnalishlari boʻyicha tegishli axborotlarni yigʻish, tahlil qilish; 
boshqarma hayʼati, ishlab chiqarish yigʻilishlarida ishtirok etish, oʻziga biriktirilgan hudud 
tuman(shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining faoliyatini muvofiqlashtirib 
borish; 
taʼlim muassasalarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanish masalalarini rivojlantirish hamda 
boʻlim faoliyatini tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqish, uni 
boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish hamda bajarilishini taʼminlash; 
taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining kunlik tibbiy meʼyorlar va sanitariya-gigiyena 
talablari asosida oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanishi, oshxonalarda tayyorlanayotgan 
ovqatlar, ovqat tayyorlash texnologiyalari qoidalari boʻyicha seminarlar tashkil etish; 
taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni belgilangan sanitariya qoidalari, meʼyorlari va 
gigiyena normalariga muvofiq holda sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etilishini nazorat 
qilish; 
taʼlim muassasalari uchun qulay boʻlgan, amaliyotda sinalgan ovqatlantirishning 
noanʼanaviy usullarini keng joriy etish (
Autsorsing, keytring va boshqalar);
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tasarrufidagi Maktabgacha
taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilarini sogʻlom ovqatlantirish boʻyicha yuritiladigan 
hujjatlarni toʻgʻri yuritilishini nazorat qilish va metodik yordam koʻrsatish; 
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari kesimida sogʻlom va xavfsiz 
ovqatlantirishni tashkil etish monitoringini amalga oshirish; 


ovqatlantirish bilan bogʻliq kasalliklarni oldini olish maqsadida oʻrnatilgan tartib asosida 
tibbiy xizmatni nazorat qilish; 
taʼlim muassasalarida oshpaz va hamshiralari uchun maktabgacha taʼlim tashkilotida 
bolalarni sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishga doir amaliy va oʻquv seminarlar tashkil etish va 
ularni malaka oshirishlarini taʼminlash; 
taʼlim muassasalari psixologi uchun ularning faoliyatini samarali tashkil etish uchun 
amaliy va oʻquv seminarlar tashkil etish va ularni malaka oshirishlarini taʼminlash; 
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan maktabgacha taʼlim 
tashkilotlarini sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena normalariga muvofiq sifatli oziq-ovqat 
mahsulotlari bilan taʼminlanishini nazorat qilish; 
bolalar isteʼmoli uchun sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlar 
berilishini nazorat qilish; 
taʼlim muassasalarida kuz-qish mavsumi uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini 
yaratish uchun mavjud ehtiyojni aniqlash; 
taʼlim muassasalarida omborxonalarida oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli saqlash, 
mavsumiy zaxiralardan toʻlaqonli foydalanishini nazorat qilish; 
oʻz yoʻnalishi boʻyicha yaratilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda 
faol ishtirok etish, taʼlim tizimini tashkil etishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni joylarga 
yetkazish va nazoratini olib borish, boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari bilan faoliyat 
uzviyligini taʼminlash; 
boshqarma nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki 
mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi 
qoidalari talablariga rioya qilish, shuningdek rahbarlik qiladigan tarkibiy shoʻba xodimlarining 
ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish; 
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va 
ishchanlik obroʻsini hurmat qilish; 
maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan 
maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan 
ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya qilinishini 
taʼminlash; 
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada 
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; 
5. qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Bosh mutaxassisning lavozim majburiyatlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish