|
Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari Pdf ko'rish
|
bet | 118/322 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 3,57 Mb. | | #239820 |
Bog'liq lavozim yoʻriqnomalari4-bob. Metodistning huquqlari
9. Metodist quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatlari doirasida Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi faoliyat bilan bogʻliq
material va hujjatlar bilan tanishish;
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, shaharlararo aloqa, elektron pochta,
Internet tarmogʻidan tekin foydalanish;
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish sohasida huquqiy va meʼyoriy
hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan maʼlumot, hujjat va materiallarni
belgilangan tartibda olish;
malaka oshirish kurslarida oʻqish;
chet tillarini oʻrganish;
shoʻba vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha tashkil etiladigan yigʻilish, majlis va
seminarlarda ishtirok etish.
Metodist Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Oʻzbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Nizomlariga zid boʻlmagan boshqa huquqlarga
ega.
5-bob. Metodistning javobgarligi
10. Metodist quyidagilar uchun javobgarlikka tortiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik va meʼyoriy hujjatlari talablarini buzish,
vazirlikning buyruq va farmoyishlarini bajarmaslik;
oʻz lavozim majburiyatlarini bajarmaslik;
vazirlikka, hududiy boshqarma rahbariyatiga oʻz vaqtida hisobot, maʼlumot, hujjatlar va
materiallarni taqdim etmaslik;
mehnat shartnomasi, mehnat intizomi va ichki mehnat tartibi shartlarini bajarmaslik;
oʻz lavozim majburiyatlariga sovuqqonlik bilan yondashish, xizmat va lavozim
vakolatlarini shaxsiy maqsadlarda suiisteʼmol qilish;
tarkibida davlat yoki tijorat maxfiyligiga ega maʼlumot, hujjat va materiallarni hamda
vazirlikning obroʻsi va nomiga putur yetkazishi mumkin boʻlgan axborotlarni tarqatish;
texnika xavfsizligi, mehnat muhofazasi, yongʻin xavfsizligi va sanitariya qoidalariga amal
qilmaslik;
ish vaqtidan unumli foydalanmaslik;
moddiy boyliklarni bus-butun saqlamaslik.
11. Metodist mazkur lavozim majburiyatlari va boshqa qonun hujjatlariga asosan
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy
javobgardir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari
|