shoʻba faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda yuklatilgan vazifalar ijrosining
taʼminlanishini nazorat qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror, farmoyishlari, Oliy Majlis palatalari
qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari hamda yoʻnalishga oid normativ-huquqiy
hujjatlar ishlab chiqilishida takliflar bilan bevosita ishtirok etadi;
hududiy boshqarmaning yoʻnalishga tegishli masalalarga oid buyruqlari, hayʼat majlisi
qarorlarini boshqarma tasarrufidagi muassasalari tomonidan bajarilishini muvofiqlashtiradi;
umumiy oʻrta taʼlim maktablarida inklyuziv taʼlimni tashkil etish ishlarini
muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-
internatlar (keyingi oʻrinlarda-ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari) oʻquvchilarini kasb-
hunarga yoʻnaltirish va ularni inklyuziv taʼlimga yoʻnaltirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirib
boradi.
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda AKT ni joriy etilishini muvofiqlashtiradi;
hududdagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari hamda uyda yakka tartibda taʼlim
olayotgan oʻquvchilarni oʻqitish, shaxsning taʼlim olish konstitutsiyaviy huquqini roʻyobga
chiqarishga doir meʼyoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshiradi;
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarini pedagogik xodimlar bilan taʼminlanishi, ularning
malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarida hududiy malaka oshirish institutlari bilan
hamkorlikda ishni tashkil qiladi;
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻqitishning nazariy-uslubiy taʼminoti ishlarini
tashkillashtiradi;
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari hamda uyda yakka tartibda taʼlim olayotgan
oʻquvchilar va pedagog xodimlarining soni va tarkibi boʻyicha statistik hisobotlar yigʻilishini,
umumlashtirilishi, tahlilini nazorat qiladi;
shoʻba vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hududiy Maktabgacha va maktab taʼlimi
boshqarmasi tasarrufidagi muassasalar xodimlari uchun oʻquv seminarlarini tashkil etilishini
muvofiqlashtiradi;
yoʻnalish boʻyicha ilgʻor tajribalarni ommalashtirilishini tashkillashtiradi;
sanatoriy turidagi maktab-internatlar hamda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari
faoliyatini nazorat qilib boradi;
shoʻba ish rejasida belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli ijro etilishini
taʼminlaydi;
jismoniy va yuridik shaxslarning yoʻnalish bilan bogʻliq murojaatlarining oʻz vaqtida
koʻrib chiqilishi taʼminlaydi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha boshqarma
boshligʻiga taklif kiritadi;
shoʻbaga tegishliligi boʻyicha kelgan murojaatlarni koʻrib chiqadi, jismoniy va yuridik
shaxslarni shaxsan qabul qiladi;
shoʻbada ijro intizomiga rioya qilinishini nazorat qiladi.