Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish Shoʻba metodistining lavozim yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur
lavozim
yoʻriqnomasi
Pedagog
kadrlar
salohiyatini
oshirishni
muvofiqlashtirish Shoʻba metodisti
(keyingi oʻrinlarda metodist)ning lavozim majburiyatlari,
huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Metodist Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri,
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda
Hududiy boshqarma) boshligʻi buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod
etiladi.
Metodist bevosita boshliqqa boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati
tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Metodist Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari
va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, vazirlikning Hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga,
vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning Hayʼati qarorlari, boshliq
buyruqlari va topshiriqlari bilan yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlagan
holda faoliyatini olib boradi.