-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

2-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi
metodistining lavozim majburiyatlari 
5. Metodist quyidagilarni amalga oshiradi: 
Boshqarma boshligʻi rahbarligida tashkil etiladigan yigʻilishlar, shuningdek boshqa 
tadbirlarga hujjatlarni tayyorlanishini taʼminlaydi; 
maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga doir meʼyoriy-huquqiy 
hujjatlarni joylarga yetkazadi va nazoratini olib boradi; 
boshqarmaning boshqa boʻlimlari bilan faoliyat uzviyligini taʼminlaydi, shoʻba 
faoliyatiga doir maʼlumotlar hamda hududlardan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga oid 
axborotlarni yigʻadi, tahlil qiladi va hisobotlar tayyorlaydi; 
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrovini oshirish, ayniqsa
6 yoshli bolalarni toʻliq qamrab olish orqali boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash choralarini 
koʻrilishini taʼminlaydi; 
maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish va tashkilotdan chiqarilishini 
hisobini olib borilishini nazorat qiladi; 
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga taʼlim-tarbiya berishda kompetensiyaviy 
yondashuvni tashkil etadi; 
bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy-estetik va jismoniy rivojlantirish, ularning 
maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish hamda maktabgacha taʼlim sohasiga oid 
normativ-hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borilishini nazorat qiladi
maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavqeyini koʻtarishda jamoatchilik tashkilotlari bilan 
hamkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyilishini nazorat qiladi; 


taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hamda samarali 
metodlarini joriy etadi; 
oʻz yoʻnalishi boʻyicha ommaviy axborot vositalarida tizimda amalga oshirilayotgan 
islohotlarni targʻib qilib boradi; 
oʻz yoʻnalishi boʻyicha tuman (shahar) boʻlimlarining faoliyatini oʻrganishda ishtirok 
etadi, ularning rahbarlaridan oʻz xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjat 
va materiallarni yigʻadi va ularni umumlashtiradi
oʻz yoʻnalishi boʻyicha hujjatlar ijrosini va topshiriqlarning bajarilishini taʼminlaydi, ijro 
intizomini mustahkamlash boʻyicha qatʼiy nazoratni yoʻlga qoʻyadi; 
shoʻba boshligʻi xizmat safarida boʻlganda va boshqa sabablarga koʻra ishda boʻlmagan 
hollarda uning vazifasini bajaradi; 
oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan 
odob-axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik 
xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boshqa qoidalarga rioya etadi; 
boshqarmaning obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni 
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun 
hujjatlari talablariga rioya qilish
boshqarma tizimidagi rahbar va xodimlarni ragʻbatlantirish, intizomiy javobgarlikka 
tortish toʻgʻrisida takliflar kiritadi; 
faoliyati doirasidagi masalalar boʻyicha fuqarolarni qabul qiladi, murojaatlarni oʻrganadi, 
mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar koʻrish boʻyicha rahbariyatga taklif 
kiritadi; 
oʻz vakolati doirasida tegishli hujjatlarni imzolaydi. 
6. Metodist quyidagilarni bajarishi shart: 
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari, 
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi; 
Boshqarma boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni oʻz vaqtida
va sifatli bajarishni taʼminlashi; 
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻi va shoʻba boshligʻi oldida hisobot 
berishi. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish